|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 103/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BIRJA AUKTSIONI — birjada tovarlarni sotish shakli, bunda boshlang‘ich holat sotuvchilar tomonidan tayinlanadigan baho hisoblanadi, tovar esa eng yuqori baho taklif qilgan sotib oluvchiga tegadi. Hozirgi birja savdosida unchalik rol o‘ynamaydi.
BIRJA BAHOSI — birja savdosi tartibida realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo‘yilgan baho. Birja baholari haqidagi ma’lumotlar tuzilma nashrlarda, tovarlar B.b. byulletenlarida berib boriladi, vaqtli kotirovkalarda xabar qilinadi. B.b. tegishli tovarlar bahosining darajasi va dinamikasi to‘g‘risida axborotning muhim va yetarlicha ishonchli manbasidir.
BIRJA BIRLIGI — namunaviy birja shartnomasida qurilgan sotiladigan muayyan tovarning standartlashtirilgan minimal hajmi. B.b. jo‘natilgan ushbu tovarning minimal me’yori boshqa omillarga bog‘liq holda aniqlanadi.
BIRJA BITIMI — birja tomonidan ro‘yxatga olingan birja tovari xususida birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi birja bitimi hisoblanadi.
BIRJA BITIMLARI — 1) birjada qimmatbaho qog‘ozlar, tovarlar va chet el valutasi bilan savdo bitimlari. Ikki asosiy xilga bo‘linadi: kassa, bunda pul darxol to‘lanadi va muddatli, bunda qimmatbaho qog‘ozlar yoki tovarlar bitimlar tuzilgandan keyin darxol beriladi, pullar esa ma’lum muddatdan so‘ng to‘lanadi (odatda bir oy ichida). Muddatli bitimlar tez-tez oddiy kurslar farqiga bo‘lgan o‘yinni bildiradi. Yutilgan qimmatbaho qog‘ozlar va tovarlarni bermasdan uni to‘laydi. Bu ishbilarmonlarga birjada yirik summalar bilan chayqovchilik qilish imkonini beradi. B.b. mazmuni (tovarning nomi, miqdori, baholari, joyi va bajarish muddatlaridan tashqari) oshkor qilinmaydi. B.b. ular ko‘rsatilgan tartibda birjada ro‘yxat qilish paytidan boshlab tuzilgan hisoblanadi va faqat brokerlar tomonidan amalga oshiriladi; 2) B.b. Birja tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, birjada qayd etilgan birja savdosining natijasi bo‘yicha tuzilgan, real birja tovariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi.
BIRJA BOJI — birja bitimlarini bajarganlik huquqi uchun birja qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olganlardan undiriladigan pul tushumi (odatda, ushbu sotilgan qimmatbaho qog‘ozlarning 20 foizi hajmida).
|
| |