• BIRJA FOYDASI
  • BIRJA HALQASI ICHIDAGI BROKER
  • BIRJA INTERVENTSIYASI
  • BIRJA JESTIKULYATSIYASI
  • BIRJA KON’YUNKTURASI INDEKSI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet105/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIRJA FIRMASI (nem., ital.) — birjada o‘ringa ega bo‘lgan firma. B.f. har bir o‘ringa bir ovozga ega bo‘ladi va birja ishida tashabbuskor tashkilot sifatida ishtirok etadi. O‘rin birjaning o‘zidan yoxud boshqa birja firmalaridan sotib olinadi. Bu B.f. qimmatli aktivi bo‘lib, u birja to‘g‘risidagi nizomda aks ettirilgan shartlarga muvofiq foydalanishi mumkin.
    BIRJA FOYDASI — tovar va fond birjasida qimmatbaho qog‘ozlar va tovarlar bilan savdo qilishdan olingan foyda qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalarda farq qilinadi: 1) ta’sis foydasi; 2) kurs foydasi. B.f. ajiotaj davrida eng katta hajmga yetadi.
    BIRJA GUBERNATORI — birja rahbar organiga — gubernatorlar boshqarmasi yoki kengashiga kiruvchi tajribali broker. Broker ma’lum muddatga B.g. bo‘lishi mumkin. Birja rahbariyatiga tashqi gubernatorlar ham kirishlari mumkin.
    BIRJA HALQASI ICHIDAGI BROKER – birja chuqurida o‘zi uchun yoki boshqa shaxslar topshirig‘iga haq evaziga (brokerlik qiluvchi) bitimlar tuzuvchi shaxs. U bitimlar hisob-kitobini olib boradi, pullarni qabul qiladi. Birja a’zosi bo‘lgan, tegishli malaka sinovidan o‘tgan shaxs broker bo‘lishi mumkin.
    BIRJA INTERVENTSIYASI — qimmatbaho qog‘ozlar kurslari sun’iy ta’sir ko‘rsatish maqsadida fond birjalari operatsiyalariga davlatning, banklarning va yirik tadbirkorlarning aralashuvi. B.i. — birja chayqovchiligi shakllaridan biri. Davlatning qimmatbaho qog‘ozlarini ommaviy sotib olish orqali davlat kreditini mustahkamlash uchun moliya muassasalari va markaziy emission banklari B.i. murojaat qiladi.
    BIRJA JESTIKULYATSIYASI — qo‘llar va panjalar bilan signallar berish orqali bitim tuzish usuli; broker qo‘lining holati sotish yoki sotib olishni bildiradi.
    BIRJA KENGASHI — birja Aksionerlarining majlislari o‘rtasida birjani boshqaruvchi oliy organ. Birja Aksionerlari majlislarida saylanadi va raisi yoki birja prezidenti tomonidan rahbarlik qilinadi.
    BIRJA KON’YUNKTURASI INDEKSI — fond birjalaridagi fiktiv kapital aylanishi bozor qiymati dinamikasining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Dou Jons indeksi mashhur indeks hisoblanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.