• BIRJA MAKLERI (nem.)
  • BIRJA MULKI (nem.)
  • BIRJA NOTARIUSI (nem., lot.)
  • BIRJA OBOROTI (nem.)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet107/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIRJA MAHALLIY SOLIG‘I — Bu birjada sodir bo‘ladigan qimmatbaho qog‘ozlar bitimi bo‘yicha yig‘imdan iboratdir.
    BIRJA MAJLISI (nem.) — birja a’zolari majlisi, bunda qimmatbaho qog‘ozlar yoki birja tovarlari talab va taklifi aniqlanadi hamda majlis ishtirokchilari o‘rtasida bevosita yoki brokerlar (maklerlar) orqali bitimlar tuziladi. B.m. tartibi birja qo‘mitasi tomonidan o‘rnatiladi va birja a’zolari bunga qattiq rioya qilishlari kerak. B.m. har kuni belgilangan soatda o‘tkaziladi.
    BIRJA MAKLERI (nem.) — tovar va fond birjalarida bitimlarni to‘ldirishda vositachilik vazifasini bajaruvchi shaxs. U ushbu vazifalarni o‘z hisobidan va o‘z nomidan amalga oshirish huquqiga ega emas, o‘z mijozlaridan vositachilik faoliyati uchun mukofot oladi. Mukofotning hajmi birja nizomida qayd qilingan bo‘ladi va birja qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
    BIRJA MULKI (nem.) — quyidagilardan tashkil topgan birja mablag‘lari: 1) pay, kirish va yillik a’zolik badallaridan; 2) kafolatli badallardan; 3) birja operatsiyalaridagi tushumlardan; 4) xizmatlar ko‘rsatganligi uchun tushumlardan; 5) savdo qoidalarini buzganlik uchun jarimalardan. B.m. sarflari tartibi uning a’zolarining umumiy majlisi tomonidan belgilanadi.
    BIRJA NOTARIUSI (nem., lot.) — birja oborotiga tegishli shartnomalarni va boshqa hujjatlarni tasdiqlovchi shaxs. Chet elliklar bilan tuzilgan birja bitimlari asosan notarial tasdiqlashga tegishlidir. B.n. veksellarga norozilik bildirishni amalga oshirish (ularga ko‘ra veksel egalari chet elliklar hisoblanadi) tijorat qog‘ozlari va aktlarni chet tilidan va chet tilida tarjima qilish yuklatiladi. Bir mamlakatda B.n. birja qo‘mitalari tomonidan tayinlansa, boshqalarida adliya tashkilotlari tomonidan tayinlanadi.
    BIRJA OBOROTI (nem.) — birjada ma’lum davrda bajarilgan qimmatbaho qog‘ozlar yoki tovarlar bilan bo‘lgan bitim hajmi. Realizatsiya qilingan tovarlar (tovar birjasida) yoki qimmatbaho qog‘ozlar (fond birjasida) baholari summasi bilan aniqlanadi. Realizatsiya qilingan qimmatbaho qog‘ozlar miqdori ham fond birjasida B.o. ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.