• BIRJA QONUNLARI MAJMUI
  • BIRJA QO‘MITASI (nem., lot.)
  • BIRJA OPERATSIYALARI (nem., lot.)




    Download 0,64 Mb.
    bet108/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIRJA OPERATSIYALARI (nem., lot.) — har xil turdagi birja bitimlari majmui. Tijorat bitimlarini, jirlashni, birja kontraktlari bo‘yicha tovar yetishtirishni va optsionlarni o‘z ichiga oladi.
    BIRJA PREZIDENTI (nem., lot.) — birjada bosh vazifador shaxs. Uni har bir birjaning rahbar organi tayinlaydi.
    BIRJA QATNOVCHISI — birja a’zosi bo‘lmagan, ammo birja operatsiyalarini bajarish uchun birja qo‘mitasi qarori bo‘yicha ijozat olgan shaxs. B.q. birjada doimo, vaqtincha yoki bir martalik bitimlar tuzish uchun qatnashishi mumkin, bitimlar esa, qoidaga ko‘ra, faqat makler orqali bajariladi. B.q. birjani boshqarishda yoki uning organlarini saylashda ishtirok etmaydi.
    BIRJA QONUNLARI MAJMUI — birjalarda savdoni tartibga soluvchi qonunlar majmui. Asosiy vazifasi — baholardagi hiyla va halokatlarning oldini olish; chayqovchilardan kichik firmalar manfaatini himoya qilish. Savdo birjasini qonunlar bilan tartibga solish keyingi 20 yilda ancha kuchaydi. Oldinlari u ko‘p mamlakatlarda birjalarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan normalar va qoidalar bilan ustun darajada tartibga solinar edi.
    AQShda 1973 yildan boshlab fyuchers birjalarida barcha operatsiyalarni tartibga solish bilan fyuchers tovar savdosi bo‘yicha komissiya shug‘ullanadi. Uning shaxsiy tarkibi prezident tomonidan tayinlanadi va congress tomonidan tasdiqlanadi. Angliyada 1986 yilgacha tovar birjalari faoliyati ustidan Angliya banki kuzatib borgan, 1986 yildan boshlab qimmatbaho qog‘ozlar va investitsiyalar bo‘yicha Kengash boshqaradi. Fransiyada tartibga solish vazifalari fyuchers tovarlar bozori bo‘yicha Komissiya vakolatiga kiradi. Yaponiyada esa har xil vazirliklar tartibga soladi.
    BIRJA QO‘MITASI (nem., lot.) — birjaning doimiy tashkiloti, uning joriy ishlarini olib boradi. Rais va a’zolar umumiy majlis tomonidan ma’lum muddatga saylanadi. B.q. vazifasiga birjada operatsiyalar tartibini o‘rnatish, qimmatbaho qog‘ozlardan foydalanishni kuzatish va birja byulletenlarini tuzish, birja ishlari bo‘yicha hukumat tashkilotlari bilan aloqani amalga oshirish, birja maklerlarini (brokerlarini) tayinlash, baholarni ko‘rib chiqish va h.k. kiradi. B.q. dan tashqari birjaning boshqa qo‘mitalari ham mavjud.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   485




    Download 0,64 Mb.