|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 106/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BIRJA KOTIROVKALARI — 1) birjalar orqali sotiladigan mahsulotlar bahosi. Har bir birja ularni ma’lum tizimga soladi va chop etadi.
Odatda, B.k. ertalabki va kechki savdo (birja sessiyasi) boshlanishiga va tugashiga mo‘ljallab chop etiladi; 2) birjada amal qiluvchi tovarlar bahosi. Har bir birja B.k. hisobi tizimlash va e’lon qilishni amalga oshiradi. Odatda birja ertalabki va kechki birja savdosining boshlanishi va tamom bo‘lishi, tovarlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, tovarlarni tezlik bilan va muddatli yetkazib berish kotirovkalarini e’lon qiladi. Birjaning har bir ish kunidagi o‘rtacha va boshqa kotirovkalar hisoblanadi va e’lon qilinadi. Birjada faqat 20 foiz xom-ashyolar va oziq- ovqat tovarlari jahon savdosi hajmi amalga oshirilishi va birjadagi 90 foizdan ko‘proq bitimlar chayqovchilik xarakteriga ega bo‘lishiga qaramasdan kotirovkalar birja tovarlari jahon bahosi darajasini yetarlicha ob’ektiv ifodalaydi va ularning maxsus e’lonlari birjadan tashqari savdodagi o‘xshash tovarlarga baho qo‘yish uchun asos hisoblanadi.
BIRJA KOTIROVAL KOMISSIYASI — birja muomalasidagi qimmatbaho qog‘ozlar kursini yoki tovarlar bahosini aniqlovchi va e’lon qiluvchi birja organi. Uning vazifalariga birjada tuzilgan bitimlar va birja byulletenini tuzish to‘g‘risidagi maklerlar va birjaning boshqa a’zolari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini kuzatish kiradi. Komissiya tartibi birja a’zolari tomonidan saylanadi.
BIRJA KUNI – birja savdolari o‘tkaziladigan kun. Birja boshqaruvchi idorasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
BIRJA KURSI (nem.) — birjada muomalada bo‘luvchi qimmatbaho qog‘ozlarning sotish bahosi (aksiyalar va obligatsiyalar). Aksiyalarning B.k. dividend hajmi, ssuda foizi darajasi va boshqa omillarga bog‘liq aksiyalarning nominal bahosi. B.k. ga ta’sir qilmaydi, obligatsiyalarning nominal bahosi esa ta’sir qiladi.
BIRJA LISTINGI — deganda birja tovarlarini birja axborotnomasiga kiritgan holda birja savdolariga qo‘yish tartiboti tushuniladi. Birja listingini o‘tkazish tartibi birja savdosi qoidalari bilan belgilanadi.
|
| |