• BIZNESPORTFEL TAHLILI (ingl. Business portfolio analysis)
  • BIZNES SEGMENTI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet114/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BIZNES – BIRLIK (Business unit) — aniq-raso belgilangan mijozlar guruhlariga turdosh mahsulotlar assortimentini sotish vazifalari sirasiga kiradigan bir bo‘linma.
    BIZNES PORTFEL — kompaniya yoki marketing-menejer shug‘ullanadigan faoliyat (faoliyat sohasi) va tovarlar turlari shodasi. Kompaniya, birinchidan, o‘zi mavjud bo‘lgan biznes-portfelni tahlil qilib chiqadi va faoliyatning qaysi turlariga ko‘proq yoki kamroq investitsiyalarni yo‘naltirishni (yoki umuman yo‘naltirmaslikni) hal qiladi, va ikkinchidan, portfelga yangi tovarlar yoki faoliyat yo‘nalishlarini kiritish uchun o‘sish strategiyasini ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Kompaniya biznes-portfeli tahlili menejerlarga kompaniya faoliyat maydonini baholashda yordam beradi. Kompaniya mablag‘larni o‘z faoliyatining eng foydali sohalariga sarflashi va ziyon keltiruvchilarini qisqartirishi lozim. Kompaniya missiyasi va uning global maqsadlari shakllantirilganidan so‘ngra rahbariyat biznes-portfel tuzishi — kompaniya profili — qiyofasini belgilovchi faoliyat va tovarlar turlari shodasini tuzib chiqishi lozim. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlarini bozor muhiti imkoniyatlariga optimal tarzda moslashtiruvchi biznes-portfel “yaxshi” deb hisoblanadi. Kompaniya, birinchidan, o‘zining joriy biznes-portfelini tahlil qilib chiqishi va faoliyatning qaysi bir yo‘nalishlariga ko‘proq investitsiyalar kiritish, qaysilarini kamroq, qaysilariga esa butunlay investitsiyalar kiritmaslikni hal qilishi, ikkinchidan, portfelga yangi tovarlar yoki faoliyat yo‘nalishlari kiritilishini nazarda tutuvchi o‘sish strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
    BIZNESPORTFEL TAHLILI (ingl. Business portfolio analysis) — firma (kompaniya) strategik biznes-birliklari alohida investitsiyalarning yig‘indisi tariqasida tahlil qilinadigan bir metod.
    BIZNES REJA – 1) bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning barcha sohalarida qo‘llanadigan muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Ish jarayoni haqida ma’lumot beradi. Uning yordamida firma o‘sib borishi, istiqbolni belgilab borishi, daromadini ko‘paytirishi mumkin. B.r. o‘ta muhim moliyaviy hujjat sifatida firma faoliyatini barcha qirralarini tahlil qilishga yordam beradi. U nafaqat ichki hujjati bo‘lib, balki kredit olishi uchun zarur bo‘ladigan hujjatlardan biridir; 2) bu bo‘lajak tijorat korxonasi barcha asosiy rejalarini yozib oladigan, u duch keladigan barcha muammolarni tahlil qiladigan hamda ushbu muammolarni yechish usullarini aniqlaydigan hujjat; 3) firma ishlab chiqarish faoliyatining rivojlanish rejasi.
    BIZNES SEGMENTI – korxonaning muayyan qismini yoki nisbatan mustaqil bo‘linmasini ma’lum vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratish.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.