|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 112/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BIRJADAGI LIKVIDLIK (nem.) — ayrim bitimni amalda tuzish baholar (kurslar) darajasiga ta’sir qilmaydigan birjadagi bitim hajmi sherikni izlashda qiyinchilik tug‘dirmaydigan, birjadagi bahoda katta nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan ularni naqd pulga aylantirish maqsadida tez sotish imkoniyati.
“BIRJADAN TASHQARI NOM” — ko‘chaning nomi. Ularni sotib oluvchi nomiga emas, balki broker nomiga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar “ko‘cha nomi bo‘yicha” naqdga ega bo‘lgan B.t.n. o‘tkazilgan hisoblanadi. Bu qimmatli qog‘ozlarni birjadan sotib olishda yoki sotib oluvchi qimmatli qog‘ozlarni brokerning o‘zi saqlashini afzal ko‘rgan chog‘da yuz beradi.
BIRJADAN TASHQARI QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI (nem.) — fond birjasi a’zolari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan dilerlar tomonidan tashkil etilgan qimmatli qog‘ozlar bozori. B.t.q.q.b. telefon, telefaks, kompyuter shoxobchalari bo‘yicha o‘tkaziladi va o‘z aksiyalarini qandaydir birjada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yetarlicha aksiyalar, Aksionerlar yoki daromadlarga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanadi. Birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qiluvchi dilerlar prinsipallar va brokerlar sifatida chiqishlari mumkin. B.t.q.q.b. barcha turdagi obligatsiyalarning asosiy bozori hisoblanadi.
BIRJAGA A’ZOLIK – birja kapitalida o‘z payiga, hissasiga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Birja a’zosi birjada bitimlar tuzish, uning rahbar idoralarini saylash, saylanish, birja savdosi qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish kabi huquqlarga ega. Birja a’zosi yillik a’zolik badalini, birja yig‘imlarini to‘lab turishi, birja savdosi qoidalarini va birja idoralarining qarorlarini bajarishi lozim bo‘ladi. Birja a’zolarining huquqlari va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi “Birjalar va birja faoliyati to‘risida”gi Qonunda beligilab qo‘yilgan.
BIRJANI YOPISH — operatsion kunning oxiri, mijozlarning oxirgi qarorlarni bajarish vaqti.
BIRJAVIY RISKLAR — birjaviy bitimlardan ko‘riladigan zararlar xavfi mavjud bo‘lgan risklar.
|
| |