|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 113/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BIRLAMCHI TAKLIF — iste’molchilar manfaatdorligi va qiziquvchanligini rag‘batlantirish hamda ularning yangi mahsulot yoki xizmatni maqbul tarzda idrok etib qabul qilishini qo‘llab-quvvatlashi uchun tovarlar etkazib beruvchi cheklangan davr davomida o‘z potensial mijozlariga maxsus rag‘batlarni havola etishi mumkin. Bu narsa ayni mahalda aynan bitta narxda mahsulotni ko‘p miqdorda sotib olish imkoniyati, chegirma yoki assotsiatsiyalangan tovarlar olish imkoniyati bo‘lishi mumkin. Masalan, fotoapparat xarid qilayotganda tekin fleshkarta va batareya qo‘shib beriladi. Yangi mahsulot bozorda faol ilgari harakatlanib, o‘z o‘rnini topayotganda turli-tuman tanlovlar uyushtirilib, ularda qimmatbaho sovrinlar mukofot tariqasida berilishi ham mumkin.
BIRYOQLAMA BOZOR — faqat xaridor kursi yoki faqat sotuvchi kurs kotirovkalanadigan hisoblanuvchi bir bozor.
BITIM – huquq va majburiyatlar vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan ongli harakat. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z huquqlaridan foydalanish odatda turli bitimlar tuzish yo‘li bilan amalga oshadi. Bitimlar o‘z shakliga ko‘ra og‘zaki, yozma, notarial guvohlantirilgan bo‘lishi mumkin. Yuridik shaxslar o‘rtasidagi bitimlar faqat yozma ravishda tuzilishi kerak. Tuzilgan bitim o‘z shakli va mazmuniga ko‘ra qonun talablariga mos kelmasa, bitim tuzishda ishtirok etgan tomonlar xohish istagini to‘g‘ri aks ettirmasa, davlat, jamiyat yoki boshqa shaxslar huquq va manfaatlarini buzishiga qaratilgan bo‘lsa hamda qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda manfaatdor shaxslarning, prokurorning da’vo arizasiga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Haqiqiy emas deb topilgan bitimlar tuzilishidan kelib chiquvchi oqibatlar fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan.
BITTA NARX DO‘KONI (ingl. One-price store) — ancha pasaytirilgan narxlarda, do‘konda barcha tovarlar bitta past narxda sotiladigan ulgurji savdo shakli.
BIXEVIORIZM – iste’molchilar va xaridorlarning mahsulotlarni tanlash va xarid qilishdagi harakatlarining ruhiy asoslari nazariyasi.
BIZNES - (inglizcha business-ish, faoliyat, mashg‘ulot) — 1) boylik, foyda orttirishga yo‘naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo‘jalik yuritish ko‘lamiga qarab yirik, o‘rta va mayda turlarga bo‘linadi. Xodimlarning o‘rtacha soni va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi; 2) Biznes (ing.) - bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’lum mahsulotni yoki xizmatlarni realizatsiya qilishni yaratish orqali foyda olish maqsadiga qaratilgan sub’ektning iqtisodiy faoliyati. Biznesmen va menejer bir xil emas. Biznesmen — bu “pul qiluvchi”, oborotda turgan, daromad keltiruvchi kapital egasi. U tobeligida hech kim bo‘lmagan ishbilarmon odam yoki tashkilotda doimiy vazifaga ega bo‘lmagan, ammo uning aksiyalari egasi hisoblangan yirik mulkdor bo‘lishi mumkin. Menejer, albatta doimiy vazifaga ega, uning tobeligida odamlar bo‘ladi. Biznesning alohida tomoni — bu tadbirkorlikdir. Faoliyatning bu turi odam — tadbirkor shaxsi bilan ko‘p tomondan aloqador, u yangi ishni boshlash, ayrim yangiliklarni realizatsiya qilish, yangi korxonaga o‘z mablag‘ini sotish va o‘ziga yangi tavakkalchilikni qabul qilish bilan biznesni amalga oshiradi. Menejer bilan tadbirkor o‘rtasidagi farq juda katta. Menejerni ko‘proq rahbarlikning byurokratik uslubi o‘ziga tortadi, ammo agarda u rahbarlikning tadbirkorlik uslubiga ko‘proq rioya qilsa, bu tafovut barham topadi. Bu ziddiyatli vazifani hal etish ayrim firmalargagina mumkin bo‘ladi; 3) Biznes – a) ish, mashg‘ulot, tadbirkorlik faoliyati, muayyan natijalarga (daromad, foyda olish) erishish maqsadidagi iqtisodiy manfaatlari (qishloq xo‘jaligi, savdo, bank va boshqa sohalar), kichik, o‘rta, xususiy, yirik biznes va boshqalar; b) Bitimlar, savdo operatsiyalari; d) Ishbilarmonlik hayoti va doirlari, boshqa sohalar (madaniyat, maorif, siyosat va boshqalar)dagi hayot faoliyatidan farq qiluvchi iqtisodiy hayot faoliyati; e) Kompaniya, korxona, iqtisodiy sub’ekt. Tadbirkorlikning u yoki bu sohadagi faoliyatini; aks ettiruvchi ibora. 4) B. – bu barcha xo‘jalik yurituvchilarni o‘z ichiga oluvchi va ularning faoliyatini bir butunga jamlovchi tizimdir; 5) B. — bu foyda keltiradigan iqtisodiy faoliyat, foyda olish yoki shaxsiy manfaatni nazarda tutuvchi daromad olishga qaratilgan har qanday faoliyatdir.
|
| |