|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 121/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOJXONA ITTIFOQI — 1) ikki yoki undan oshiq davlatlar o‘rtasida bojxona bojini tugatish to‘g‘risida kelishuv; kollektiv protektsionizmi shakli. B.i. maqsadi ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro savdosini yengillashtirishdan iboratdir. B.i. raqobat kurashini o‘tkirlashtirishga ta’sir qiladi va rivojlangan kapitalistik mamlakatlar guruhlari tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan kamsituvchi siyosat olib borishda foydalanishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlar B.i. yordamida savdo ekspantsiyasidan o‘z milliy bozorlarini himoya qilishga intiladilar; 2) B.i.– yagona tashqi savdo ta’riflari o‘rnatishi va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqazo qiladi; 3) B.i.— o‘zaro savdoda bojxona to‘siqlari bekor qilingan va a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
BOJXONA ISHI — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 2- moddasiga ko‘ra, Bojxona ishi O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish, boj to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir. Bojxona ishi O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
BOJXONA KODEKSI (ing., lot.) — davlat chegarasidan o‘tadigan tovarlar, qimmatliklar va boshqa buyumlarni joylashtirish hamda ustidan bojxona nazoratini, bojxona operatsiyalarini amalga oshirish, kontrabanda va bojxona qoidalarini buzishga qarshi kurash olib borishni tartibga soluvchi qonuniy akt. B.k. bojxona ishini boshqarishni belgilovchi me’yorlarni, bojxona organlari vazifalari, ularning huquqlari va majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.
BOJXONA KONVENTSIYASI (ing., lot.) — ham eksportyor, ham importyor mamlakatida bojxona rasmiyatchiligini yengillatish, bojxona solig‘i masalalari va ishtirokchi mamlakatlar o‘zaro savdosidagi bojxona rasmiyatchiliklarini tartibga soluvchi ko‘p tomonlama yoki ikki tomonlama xalqaro bitim. B.k. ishtirokchilari birov-birovlariga bojxona imtiyozlari berish va bojxona qoidalari o‘zaro savdo va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalar turlari, ishbilarmonlik kontraktlari, turizmning rivojlanishiga to‘siqlik qilmasligiga yordam berish uchun o‘zlariga majburiyat oladilar.
BOJXONA KO‘RIGI - Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yig‘imlar undirish, shuningdek, olib kirish va tranzit qilish taqiqlangan tovarlar bojxona chegarasi orqali o‘tishining hamda bojxona hududi orqali tranzit tartibida o‘tishining oldini olish uchun tovarlar va transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazadi.
|
| |