• BOJXONA BROKERI
  • BOJXONA DAROMADLARI
  • BOJXONA DEKLARATSIYASINI O‘ZGARTIRISH, TO‘LDIRISH VA QAYTARIB OLISH
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet119/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOJXONA BOJIGA QO‘SHIMCHA — odatda iqtisodiy, ayrim holatlarda fiskal va siyosiy maqsadlarda qo‘llaniladi.
    BOJXONA BOJLARINING STAVKALARI — hukumat tomonidan o‘rnatilib, yagona hisoblanadi va chegaradan mahsulotlarni olib o‘tuvchi shaxslarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmasdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni operativ ravishda tartibga solishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan mahsulotlarning boj qiymatiga nisbatan foizda o‘rnatiladi); b) maxsus stavkalar (boj undiriladigan mahsulotning birligiga nisbatan aniqlanadi); v) kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti birgalikda qo‘llaniladi).
    BOJXONA BROKERI — bojxona organi litsenziyasini olgan yuridik shaxs. Bojxona brokeri o‘zini vakil qilgan shaxs hisobidan va uning topshirig‘iga binoan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni o‘z nomidan o‘tkazish va bojxona ishi sohasida boshqa vositachi vazifalarini bajarishga haqli. Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning o‘zaro munosabatlari notarial tasdiqlangan shartnoma asosida quriladi. Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquq va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuziladigan shartnomada cheklab qo‘yilishi mumkin emas.
    BOJXONA DAROMADLARI — davlat budjetining daromadli moddalaridan biri. Davlat chegarasini kesib o‘tgan tovarlardan bojxona solig‘i olish natijasida hosil bo‘ladi va bojxona boji chegaradagi bojxona tushumlari, jarimalar va bojxona tomonidan musodara qilingan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan daromadlardan iborat bo‘ladi. Davlat organlari bojxona xarajatlari maxsus bojxona tushumlari hisobidan qoplanadi: litsenziya, statistik banderol, marka hamda sanitariya tushumlari va h.k. B.d. asosan, importga chet el valyutasida to‘langan xarajatlar va ichki bozorda mahalliy valyutada import qilingan tovarlarni sotishdan tushgan daromadlar o‘rtasidagi farq hisobidan hosil bo‘ladi.
    BOJXONA DEKLARATSIYASINI O‘ZGARTIRISH, TO‘LDIRISH VA QAYTARIB OLISH — Bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar deklarant tomonidan o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.
    O‘zgartirish, to‘ldirish yoki qaytarib olish faqatgina: bojxona deklaratsiyasini tekshirish boshlanguniga qadar;
    tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish boshlanguniga qadar;
    ko‘rsatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligi bojxona organi tomonidan aniqlanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin.
    Bojxona deklaratsiyasini o‘zgartirish yoki to‘ldirish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari o‘z tashabbusi bilan, shaxsning topshirig‘i yoki iltimosiga binoan yozma bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishga, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki to‘ldirishga haqli emas, bojxona organlarining vakolatiga kiritilgan ma’lumotlarni bojxona deklaratsiyasiga kiritish hollari, shuningdek agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli ma’lumotlar bojxona deklaratsiyasida kodsiz ko‘rinishda mavjud bo‘lsa, kodli ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki to‘ldirish bundan mustasno.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.