|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 122/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOJXONA NAZORATI - qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmui.
BOJXONA NAZORATI ZONASI - O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari bo‘ylab, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi. Bojxona nazorati zonalarini tuzish va belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari orqali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib o‘tishga bojxona organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yo‘l qo‘yiladi.
BOJ NAZORATIDAN OZOD ZONA — davlat hududining bir qismi, bunda tashqi savdo bitimlari hisoblanadigan har qanday moddiy boyliklar boj nazoratiga tegishli emas va import tovarlaridan soliq olinmaydi, erkin zonada faqat boj kuzatishi amalga oshiriladi. Erkin zonaga tovar olib kelish uchun boj deklaratsiyasi talab etilmaydi. Erkin tijorat zonasi soliqlar va boj tushumlarini ko‘zda tutuvchi boj protsedura tuzilmalaridagi katta milliy tafovutlar mavjud sharoitlarda tashqi savdo faoliyatini mukofotlash maqsadida tuziladi. Bunday zonada faqat import-eksport tovarlarning iste’mollilik xususiyatlarini saqlab qolish uchun shart-sharoitlar hosil qilinadi. Sanoat erkin zonasida tovarlar ishlash ta’siriga uchraydi yoki ular asosida yangi buyumlar va mahsulotlar tayyorlanadi.
BOJXONA NAZORATINING SHAKLLARI — O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan o‘tkaziladi: bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish; jismoniy va mansabdor shaxslarni og‘zaki so‘rab-surishtirish; bojxona ko‘rigidan o‘tkazish; tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash; tovarlar va transport vositalarini hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish; bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda, Bojxona nazorati o‘tkazilayotganida inson, hayvonot va o‘simliklar hayoti va sog‘lig‘i uchun havfsiz bo‘lgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin. Bojxona nazoratini o‘tkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
BOJXONA OMBORI — bojxona rahbarlari tomonidan mamlakat ichiga va chet elga chiqarilmagan yuklar, bagajlarni saqlash uchun tayinlangan ombor binosi.
|
| |