• BOJXONA OMBORLARINI TA’SIS ETISH
  • BOJXONA ORGANLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet123/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOJXONA OMBORI REJIMI — Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida ushbu Kodeksning 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi. O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish man etilgan tovarlar hamda ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin emas. Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat tovarlarning ayrim toifalari va ayrim shaxslar uchun qonun hujjatlari bilan cheklanishi mumkin, lekin u bir yildan kam bo‘lmasligi kerak. Belgilangan muddat tugagunga qadar tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxs tomonidan tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish so‘ralishi kerak. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda, tovar bojxona organiga qarashli bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar ro‘yxati va ularni amalga oshirish tartibi Bojxona Kodeksida belgilanadi.
    BOJXONA OMBORLARINI TA’SIS ETISH - Bojxona ombori O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoxud bojxona organi tomonidan ta’sis etiladi. Erkin ombor O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi tomonidan ta’sis etiladi. Bojxona omborlari saqlash sharoitlariga ko‘ra tovarlarni vaqtincha saqlash va (yoki) bojxona ombori rejimlarida saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bojxona omborlari foydalanish mumkinligi jihatidan har qanday shaxslar foydalanishi uchun ochiq bo‘lishi hamda muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalari foydalanishi uchun mo‘ljallangan yopiq omborlar bo‘lishi mumkin.
    BOJXONA ORGANLARI — davlat bojxona idorasi (vazirlik, qo‘mita, departament va hokazo) uning hududlardagi boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlarini tashkil etadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.