|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 131/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOZOR BUYURTMASI — bozorning eng yaxshi bahosi bo‘yicha aksiyalarning (yoki obligatsiyalar) oldi-sotdisiga bo‘lgan buyurtma shakli. Bahosi bo‘lmagan barcha buyurtmalar B.b. hisoblanadi. Shuni eslash lozimki, “nozik” bozorda joylashtirilgan yirik B.b. joriy bahoga sezilarli ta’sir qilishi mumkin.
BOZOR FIASKOSI (ing., ital.) — bozor resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun iqtisodiy tanlash jarayonlarini koordinatsiya qilish holatida bo‘lmay qoladigan vaziyat.
BOZOR FONDLARI (ing., lot.) — ichki bozorda (shaxsiy iste’mol) aholiga taklif etiladigan tovarlar yig‘indisi. Ular ko‘pgina iste’mol mollari bo‘yicha tovar resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. B.f. hajmi va tuzilmasiga ko‘ra, bir tomondan — ishlab chiqarish, hajmi, tovar bilan ta’minlanish orqali; ikkinchi tomondan — aholining harid fondlari hajmi bilan bog‘lanadi. Tovarlarning har bir guruhi va ayrim tovarlar bo‘yicha B.f. tovar resurslarining balansi yordamida aniqlanadi. U kirim va chiqim qismlaridan iborat bo‘lib, ularda tovarlarning kelish manbai va ularning taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
BOZOR FUNKSIYALARI - bozor bajaradigan iqtisodiy vazifalar. Unga, asosan quyidagilar kiradi : 1) Tovar ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘lash ; 2) Ist’emol buyumlarni va xizmatlarni aholiga yetkazib berish orqali xalq farovonligini oshirish; 3) Narxlarning o‘zgarishi orqali talab va taklifni bir-biriga moslashtirish, pulni tovarlar bilan ta’minlab, pul muomalasini barqaror bo‘lishiga erishish ; 4) Davlatlar o‘rtasidagi teng huquqli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mustahkamlash va boshqalar.
BOZOR INFRATUZILMASI (ing.) – 1) tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berilishini ta’minlashga qaratilgan tarmoqlar, tarmoqchalar va faoliyat sohalari yig‘indisidan iborat. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi mablag‘larning iqtisodiyotda aylanishining tezlashuviga, yangidan yaratilgan mahsulotlar realizatsiyasini tezroq amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bozor infratuzilmasi vujudga kelishi bilan bozor munosabatlarining rivojlanishi, jamiyatda bozor iqtisodiyotining qaror topishiga qulay sharoit vujudga keladi; 2) B.i. tovar va boshqa bozorlarni me’yoriy funktsiya qilishini ta’minlovchi muassasalar, tashkilotlar, davlat va tijorat korxonalari hamda xizmatlari yig‘indisi. Tovar bozori infratuzilmasi eng avvalo ulgurji va chakana savdoni, savdo tarmoqlarini — do‘konlar va boshqa korxonalarni o‘z ichiga oladi, ularning asosiy vazifasi moddiy-texnika ta’minoti va sotish tashkilotlarining ularning material bazasini saqlash va rivojlantirishda taqsimot tarmoqlarini almashtirishga qaratilgan auktsionlar, yarmarkalar, vositachi tijorat markazlari va tovar birjalari hamda shu kabi tovarlar markazlari va tovar birjalari hamda shu kabi tovarlar oldi-sotdi jarayonini to‘xtovsiz ta’minlashdan iboratdir. Tovar bozori infratuzilmasiga maxsus davlat organlari, ya’ni davlat kontrakt tizimini, antimonopol qo‘mita, narxlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya va boshqalar kiradi. Tashqi savdo infratuzilmasiga savdo-tijorat markazlari, savdo-sanoat palatalari, ko‘rgazma va yarmarka pavilonlari, savdo uylari, tashqi savdo firmalari va birlashmalari kiradi. Moliya bozori infratuzilmasi uning samarali faoliyat qilishini ta’minlovchi barcha bank tuzilmasini, shu jumladan, tijorat banklarini, fond birjasini, valyuta birjasini, brokerlik va sug‘urta kompaniyalarini, xolding kompaniyalar va bozor xo‘jaligiga xizmat qiluvchi boshqa moliya-kredit shakllarini o‘z ichiga oladi. Bunga tijorat asosida xizmat qiluvchi har xil moliya-kredit vazifalarini bajaruvchi auditor firmalar kiradi (qarang: auditor firmalar). Qimmatbaho qog‘ozlar, davlat mablag‘lari fondi va boshqalar bo‘yicha nazorat qiluvchi inspeksiya davlat organlari sifatida harakat qiladi. Ish kuchi bozori yoki mehnat bozori ham rivojlangan infratuzilma yaratilishini talab qiladi, bunga ish bilan band bo‘lish xizmatlari yoki mehnat birjasi, ish kuchiga talab va taklifning hisobini oluvchi umumdavlat va regional tuzilmalar, kadrlarni qayta tayyorlash, ijtimoiy ishlar tashkilotlari, nafaqa va stipendiyalarni belgilovchi, ish kuchi migratsiyasini tartibga soluvchi va h.k. kiradi. B.i. qator bo‘g‘inlari umuman bozor xo‘jaligiga xizmat qilish uchun tayinlangan. Bu sotuvchi va sotib oluvchiga yuridik xizmat qilish, ularga bitimlarni yuridik jihatdan to‘g‘ri hujjatlashtirishda yordam ko‘rsatish, transport-ombor tizimi, bozor jarayoni qatnashchilariga informatsion va reklama xizmati ko‘rsatish demakdir. Yuqori rivojlangan B.i. ko‘pgina xarajatlar bilan bog‘liqdir va qisqa muddatda amalga oshirish mumkin emas. Keng tarmoqli brokerlik firmalarga ega bo‘lgan yuzlab universal va ixtisoslashgan tovar birjalarini ochish, ularni hozirgi zamon elektron aloqasi tizimi bilan ta’minlash, odat tusiga kirgan komanda, buyruqbozlik fondlar va limitlar ajratish o‘rniga vositachilik funksiyalarini bajarishga qodir bo‘lgan kadrlar tayyorlash zarur. Yirik kapital mablag‘lar tovar omborlari, bazalari va qishloqxo‘jalik mahsulotlari saqlanadigan joylar qurishni talab qiladi; 3) Bozor infratuzilmasi sotuvchi va xaridor o‘rtasida bozor munosabatlari shakllanishini, rivojlanishini ta’minlaydigan tashkilotlar, muassasalar, idoralar, korxonalar majmuasi. Uning tarkibiga savdo korxonalari, ta’minot tashkilotlari, valyuta va qimmatbaho qog‘ozlar birjasi, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar kiradi; 4) B.i. – bozor mexanizmiga xizmat ko‘rsatuvchi elementlar kompleksi: kapital bozori, ishlab chiqarish vositalari bozori, mehnat bozori va boshqalar; 5) ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalaridir; 6) B.i. bozorlarda sotuvchi va xaridorlarga tovarlarni yuklash-tushirish, tashish, saqlash va hokazo xizmat ko‘rsatuvchi iqtisodiy sub’ektlar.
|
| |