|
BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH KONSEPSIYASI
|
bet | 133/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH KONSEPSIYASI – bu bozor iqtisodiga o‘tishning nazariy modeli. Bunda yangi iqtisodga o‘tishning umumiy jihatlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi. Aynan ishlab chiqilgan konsepsiyaga tayangan holda bozor islohotlarini ta’minlovchi huquqiy qonunlar majmuasi yaratilib hayotga joriy etiladi.
BOZOR IQTISODIYOTINING TAQSIMOT QONUNLARI – mehnat bilan uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi mohiyatli bog‘lanishni ifodalaydi. Bozor iqtisodi sharoitida mehnat natijalari mehnatga yarasha, ehtiyojga yarasha, kapitalga yarasha va nufuzli qobiliyatga yarasha taqsimlanadi.
BOZOR ISLOHOTLARI – 1) xalq ishtirokida davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davlat nazorati ostida amalga oshirishdan iborat; 2) B.i. – bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora – tandbirlar majmuidir.
BOZOR KOMMUNIKATSIYALARI SIYOSATI – tovar va uning ishlab chiqaruvchilariga ijobiy obraz yaratishga yo‘naltirilgan bozordagi harakatlar majmui. Aniq tovarlar bozoridagi iste’molchilarning sharoitlari va axloqiy motivlari to‘g‘risidagi keng bilimlarga asoslanadi.
BOZOR KON’YUNKTURASI – 1) ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi. Bozor kon’yukturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan harakterlanadi. 2) muayyan vaqt mobaynida tovarlar bozorining holatini tavsiflovchi vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat bo‘lib, quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: ichki va tashqi savdodagi o‘zgarishlar; ishlab chiqarish va qurilish dinamikasi; tovar zahiralari harakati; narxlar dinamikasi va boshqalar; 3) Bozor kon’yunkturasi (ing., lot.) – u yoki bu struktura, tovarlar talabi va taklifi dinamikasi davrida tashkil topadigan iqtisodiy shart- sharoitlar va omillar hajmi, u yoki bu milliy va jahoniqtisodiyotida vujudga kelgan vaqtinchalik vaziyat. B.k. umumxo‘jalik kon’yunkturasining tarkibiy qismidir, asosiy kapitalni yangilash va kengaytirish, mahsulot chiqarish g‘amlamalari va xizmatlarni realizatsiya qilish, kapital qurilish va investitsiyalar hajmi, ichki va tashqi savdo oboroti dinamikasi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi; tayyor mahsulot, xom-ashyo va yarim fabrikatlar, foyda dinamikasi, qimmatbaho qog‘ozlar kurslari, foiz baho va h.k., ish haqi harakati, bandlik va boshqalar uning asosiy miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. B.k. oqibat-natijada uzoq muddatli (takror ishlab chiqarish tsikli, ishlab chiqarish va muomala sohasi holati, talab va taklifning bosh muvozanati) va doimiy turli-tuman (shu jumladan, qisqa muddatli) xarakterdagi omillar ta’siri bilan belgilanadi. Mavjud bozordagi tovarlar bahosining dinamikasi, eng avvalo, uning erkin sektoridagi hamda tuziladigan bitimlar soni, portfel buyurtmalari holati, zahiralar harakati va h.k. B.k. ning eng muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Ko‘tariluvchi va yuqori, pasayuvchi va past B.k. farqlanadi. Ko‘tariluvchi B.k. tovar baholarining o‘sishi va bitimlar sonining ko‘payishi bilan taqozo etiladigan talabning taklifga nisbatan yetarli barqaror oshishi sharoitida tashkil topadi. Yuqori B.k. uchun ma’lum barqaror oshirilgan baho, bozor sub’ektlarining tijorat aktivligi xarakterlidir. Bunday holatlarda sotuvchilar uchun (sotuvchi bozori) ma’lum iqtisodiy ustunlik vujudga keladi. Pasayuvchi B.k. uchun bozorni to‘ldirish, bozor baholarini pasaytirish, tijorat aktivligining inqirozi xarakterlidir. Ushbu omillarning ta’siri B.k ning past holatiga olib keladi va sotib oluvchilar (sotib oluvchi bozori) iqtisodiy foyda hosil qiladi. B.k. ni o‘rganish marketingning muhim elementidir. Buning uch bosqichi mavjud: tayyorlanish bosqichida ob’ekt, asosiy ko‘rsatkichlar va kon’yunktura axborotining manbalari maydoni aniqlanadi, joriy kuzatish doirasida tushum jamg‘arish va B.k. holati to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtirish amalga oshiriladi, tahlil bosqichida vaziyatni prinsipal baholash tashkil etiladi. B.k. ni prognozlash ishlab chiqiladi.
|
| |