|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 130/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BOZOR BAHOLARI (ing., lot.) — talab va taklifga mos ravishda o‘rnatiladigan haqiqiy baho. Baholar tovar-pul muomalalari shakllari va realizatsiya qilinadigan buyumlar turlariga bog‘liq holda farqlanadi. Birinchi navbatda ulgurji baholarni ajratish mumkin, ulgurji baholar bo‘yicha ba’zi firmalar (korxonalar) ishlab chiqaradigan buyumlarni katta partiyalarda boshqalarga yetkazib beradi yoki vositachilarga hamda ulgurji savdo tashkilotlariga o‘z mahsulotini realizatsiya qiladi, ular tovarlar aholiga sotiladigan chakana baholarning bazasini tashkil etadi.
Yirik kapitalistik firmalar, shu jumladan, transmilliy korporatsiyalar ichida (tovar ayirboshlash har xil mamlakatlarda joylashgan ularga tegishli korxonalar o‘rtasida yuz beradi) qo‘llaniladigan bozor baholari muhim xususiyatlarga ega. Ular transfert (o‘tkazadigan) baholar deyiladi va soliq berishdan bosh tortish uchun koorporatsiyalar tomonidan foydalaniladi, chunki ular tijorat sirlari niqobi ostida yashiriladi. Tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun bozor baholarining ahamiyati ularning vazifalari bilan belgilanadi. Birinchi navbatda baho axborot rolini o‘ynaydi. U sotuvchilar tomonidan tovarlar taklifi va ular o‘z mahsuloti uchun qancha olishligi yoki ishlab chiqarish resurslarining ko‘payib ketganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Bu bozor uchun katta ahamiyatga ega. Bahoning rag‘batlantiruvchi vazifasi ham bo‘lib, u yaxshi natijalar olish uchun o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ratsional foydalangan kishini mukofotlaydi, ilg`or texnika va texnologiyani qo‘llaydi.
BOZOR BILIMDONI (ingl. Market maven) - qandaydir iste’mol bozorida ro‘y berayotgan voqealar va jarayonlar haqidagi axborotlar manbai sifatida namoyon bo‘ladigan va ish ko‘radigan obro‘li kishi.
BOZOR BUYRUG‘I – 1) bu muayyan qimmatli qog‘ozlar eng foydali joriy narx bo‘yicha xarid qilish yoki sotish uchun buyruq, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlar eng past narxda xarid qilish yoki ularni ushbu buyruqni olish vaqtidagi eng yuqori narxda sotish uchun buyruq. 2) buyruqning savdo ishtirokchilariga ma’lum bo‘lganligi e’lon qilingandan keyin ko‘rsatilgan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni eng qulay baho bilan sotib olish yoki sotish uchun brokerga buyruq.
|
| |