• BOZORDA MONOPOLIYA
  • BOZORDAN TASHQARI OPERATSIYALAR
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet138/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BOZORDA ISHLAYOTGAN PERSONAL — ba’zida ana shu termin bilan keng ommadan ma’lumotlar to‘plash zimmasiga yuklatilgan jamoalar yoki alohida tadqiqotchilar nazarda tutiladi. Zarur axborotlarni to‘plash yo ko‘chada, ish joylarda yoxud respondentlar — so‘rovga tortilgan kishilar uylarida o‘tkaziladi. Tadqiqotchilar odatda tadqiqotchilik tashkiloti oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlar boshchiligida guruh-guruh bo‘lib ish ko‘radilar.
    BOZORDA MONOPOLIYA — bozorda hukmron mavqe o‘rnatish, hokimiyatni egallab olish va monopoliyalarni vujudga keltirish. Raqobat va monopoliya bozorda bir-biriga har doim qarshi turgani va zid bo‘lgani uchun dialektik mushtaraklikni vujudga keltiradi va bozor munosabatlarining ajralmas jihati sanaladi. Kapitalistik mamlakat monopolistik faoliyat maxsus qonunchilik hujjatlari ishlab chiqish bilan cheklab qo‘yiladi (masalan, AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunlar). Bozordagi mutlaq monopoliyada bitta sotuvchi — davlat – tashkiloti, xususiy tartibga solib turiladigan monopoliya yoki xususiy tartibga solib turilmaydigan monopoliya ish ko‘radi. Tartibga solib turiladigan monopoliyada davlat kompaniyalarga ishlab chiqarishni oldingi darajada saqlab turishga yoki uni kengaytirishga imkon beradigan narxlar tayinlashga ruxsat beradi. Bunda, qoida tariqasida, bu narsa raqobatchi diqqatini o‘ziga tortishi, davlat tomonidan tartibga solib turish joriy etilishini nazarda tutgan holda maksimal yuqori narxlar belgilashdan voz kechadilar, boz ustiga uncha yuqori bo‘lmagan narxlar bozor ichkarisiga tezroq kirib borishga imkon beradi. Ammo ko‘p hollarda bozorda oligopoliya — bir qancha yirik firmalar hukmronligi ko‘zga tashlanadi.
    BOZORDAN TASHQARI OPERATSIYALAR — YaMMni hisoblashga kirmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, chunki ular sotib olinmaydi va sotilmaydi.
    BOZORGA TAKRORAN CHIQARISH — bozorda tovar yoki xizmatni takror taqdim etish. “Koka-kola” singari “o‘lmas” — mangu yashovchi tovarlar bo‘lmagani sababli bozorga takroran chiqarish zaruriyatdir. Bu tadbir pasayishga yuzlangan sotishni jonlantirib borishga, raqobatchilar hamlasiga duchor bo‘lganda yoxud u yoki bu sababga ko‘ra tovarlar va xizmatlar bozordagi ulushni yo‘qotganda yordam beradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.