|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 146/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BRENDNI POZITSIYALASHTIRISH — raqobatchilarning xuddi shunday harakatlariga nisbatan iste’molchilar ongida muayyan brend konsepsiyasini yaratish, foydalanish va rivojlantirishdir. Basharti, masalan, yengil avtomobillar ayrim brendlari foydali xossalar eng ko‘p miqdorini iste’molchiga uning puli evaziga taqdim etishga harakat qiladi. Qimmat hisoblanadigan markalar (rusumlar) esa hech mahal bunga intilmagan va intilmaydi ham. Iste’molchilar, ana shu brendlarni pozitsiyalashtirishga bog‘liq holda muayyan margarin markalarini turlicha qabul qilishlari mumkin. Masalan, ozishni xohlovchilar uchun margarin, sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchilar uchun mo‘ljallangan margarin, pishiriqlar uchun ajoyib bo‘lgan margarin, buterbrodga osongina surkash mumkin bo‘lgan margarin, ta’miga ko‘ra sariyog`ni eslatuvchi margarin va hokazo.
BRENDNING ESTETIK KODLARI (Brend esthetic codes) — brend yaratilayotgan yoki harakatlantirilayotganda tasvir yoxud matnning simvolik yoinki vizual ifodalanishi (masalan, tilla rang — boylik va hashamat ramzidir).
BRETTON-VUD VALUTA TIZIMI - G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ularning xalqaro iqtisodiy aloqalari bilan taqozo etiladigan pul munosabatlarini tashkil etish shakllaridan biri. B-v.v.t. ikkinchi jahon urushidan keyin amal qila boshlagan (tizim 1944 yilda o‘rnatilgan), shunga ko‘ra jahon puli rolini oltin bilan bir qatorda AQSh dollari bajara boshladi. AQShning bu valuta mexanizmi kapitalistik dunyo sanoati va savdosidagi o‘z monopol holatiga tayangan holda G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga majburan qabul qildirildi. Barcha kapitalistik mamlakatlar davlat oltin zaxiralarining to‘rtdan uch qismiga ega bo‘lgan AQSh har qanday mamlakatlarning markaziy emission banklari taqdim etadigan oltinga dollarni almashtirish majburiyatini oldi. B-v.v.t. Amerika dollarini, qolaversa, AQShning o‘zini ustunlik holatiga qo‘ydi. Boshqa mamlakatlardan farq qilib AQSh to‘lov balansi bo‘yicha o‘z qarzlarini oltin bilan emas, balki dollar bilan qoplash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
|
| |