• BREND AKTIVLARI
  • BREND HAQIDA XABARDORLIK - (ingl. Brand awareness)
  • BREND KAPITAL TARIQASIDA (Brend equity)
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet144/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BREMYA SOLIG‘I — to‘lanadigan soliq summasi.
    BREND (ingl. Brend) — soddalashtirilgan va tor ma’noda talqin qilganda ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual xarakteristikasi va vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi.
    BREND AKTIVLARI — aynan mazkur mahsulotga xos bo‘lgan va uning yaratuvchi ijodkori mavjudligini faol reklama qiladigan qadriyatlar, aktivlar, mahsulot xossalari va qabul qilinishi. Ushbu termin shuning aynan ushbu brend bilan bog‘liq bo‘lgan mas’uliyat va majburiyatlarga ham taalluqlidir. Ko‘pgina brend operatorlari ushbu termin, hammasidan tashqari, muayyan bozorda aynan ushbu brend to‘g‘risida xabardorlik, brendga iste’molchining qattiq moyilligi, uning sifati, shuningdek, brend logotiplari va savdo markalari singari elementlarni o‘z ichiga oladi, deb ta’kidlaydilar. Boshqa operatorlar esa mazkur tushuncha raqobatchilarning aynan shunga o‘xshash mahsulotlariga nisbatan brendning toifalanish layoqatini o‘z ichiga oladi deb hisoblaydilar. Bu ta’rifga shuningdek brend egasining korporativ identifikatsiyasi va tashkiloti nufuzi ham kiradi.
    BREND HAQIDA XABARDORLIK - (ingl. Brand awareness) — tadqiqotlar davomida muayyan brendni tanib olishga qodir bo‘lgan iste’molchilar salmog‘i yoki foizdagi tarkibini aniqlash.
    BREND IDENTLIGI (Brend identity) — aynan mazkur brend iste’molchilar tomonidan aniq-raso tanib olinadigan alomatlarning noyob jamlanmasi. Bunday alomatlarga esa tovar atributlari, assotsiatsiyalar (nimagadir o‘xshatish va qiyoslash), munosabat, naf, va’da, vizual yoki dizayn uslubi, brendning asosiy qimmatli jihatlarini ifoda etuvchi alomatlar kiradi.
    BREND KAPITAL TARIQASIDA (Brend equity) — brendi sotib olish va sotish mumkin bo‘lgan ham moddiy, ham nomoddiy aktiv tariqasida ko‘rib chiquvchi bir konsepsiya.
    BREND MENEJERI (ingl. Brand manager) — “mahsulot menejeri” deb ham yuritiladi. Bozorlarda muayyan mahsulot yoki brendni o‘tkazish va sotish uchun mas’ul bo‘lgan menejer yoki rahbar. Brend menejeri majburiyatlari sifatiga istalgan faoliyat aniq brendga nisbatan birlamchi marketing maqsadlarini ta’riflab berish va tadbiq etishdan tortib to ushbu brend bilan shug‘ullanuvchi jamoaga har kungi rahbarlikni amalga oshirishgacha; mahsulotni qadoqlashdan boshlab to belgilangan foyda ko‘rsatkichlariga erishish va istiqbolda rivojlanish rejalarini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat kiradi. Bunda, qoidaga ko‘ra, boshqa menejerlar va bo‘limlar, jumladan, sotuvlar bo‘limi bilan qizg‘in hamkorlikni saqlab ta’minlab turish talab etiladi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.