• BUDJET ROSPISI (ro‘yxat-yozuvi)
  • BUDJET SAVODXONLIGI
  • BUDJET TAQCHILLIGI
  • BUDJET TASNIFI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet152/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BUDJET PROFITSITI — 1) muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi; 2) B.p. davlatning daromadlari uning xarajatlaridan oshsa, bunda budjet profitsiti yuzaga keladi. Davlat xarajatdan ortib qolgan qismini zahira sifatida olib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
    BUDJET ROSPISI (ro‘yxat-yozuvi) — budjet klassifikatsiyasining bo‘linmalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar taqsimlanishining asosiy operativ rejasi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to‘lovlarning budjetga kelib tushish va budjet mablag‘larining sarflanish muddatlari o‘z aksini topadi.
    BUDJET SAVODXONLIGI — kishini oila budjetini daromadlari va xarajatlarini boshqara olish, moliya bozorida to‘g‘ri qaror qabul qila olishdan iborat.
    BUDJET SO‘ROVI – budjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va budjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov.
    BUDJET TAQCHILLIGI – 1) muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi; 2) B.t. budjet daromadlari bilan xarajatlarining nomuvofiqligi bo‘lib, xarajatlarning daromadlardan ortib katishi tushuniladi. Budjet taqchilligining kalib chiqish sabablari: Iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat budjeti hisobidan kapital qo‘yilmalar hajmining oshib katishi; favqulodda holatlar – urushlar, davomiy ommaviy tartibsizliklar, tabiiy ofatlar; YaIM o`sish sur’atlarining pasayib katishi, ishlab chiqarishning izdan chiqishi; Budjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi; YaIM ning o`sish sur’atlariga erishmasdan turib markazlashgan uzoq muddatli invastitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirishni muttassil oshirib borish; Iqtisodiy inqirozlar va boshqalar; 3) B.t. budjet daromadlaridan xarajatlarining ortib ketishi natijasida hosil bo‘ladigan farq. Bunga inflyatsiya, sarflarning noratsional tarkibi, pul- kredit siyosati, budjet intizomiga rioya etmaslik sabab bo‘ladi. Budjet taqchilligi aholi va yuridik shaxslar mablag‘larini jalb etish, xalqaro kreditdan foydalanish va hokazolar yordamida hal etiladi; 4) Budjet tanqisligi — belgilangan yil uchun hukumat xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketgan pul summasi; inflyatsiya jarayoni rivojlanishining omillaridan va davlat moliyasi krizis holati ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
    BUDJET TASNIFI – O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalari guruhlanishidir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.