• BRUTTO
  • BTL “CHIZIQDAN QUYIDA” (BTL— Belov the line)
  • BUDJAT — (ingl.budjet-sumka)
  • BUDJET BALANSI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet149/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BROKERLIK SSUDALARI (ing.) —har xil maqsadlar uchun banklardan brokerlar tomonidan yoki boshqa brokerlardan olinadigan pul summalari. Ular mutaxassislar tomonidan (birja maklerlari) moliyalash, qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun foydalanishi mumkin.
    BROKERLIK HISOBI (ing.) — buyurtmachi qimmatli qog‘ozlar yoki tovarlarni (tanlash, vaqt, miqdor va bahosini ham qo‘shib) sotib olish yoki sotishda broker yoki boshqa shaxsga erkin harakatlar beruvchi schot.
    BRUTTO — 1) tovarning qadoq bilan birgalikdagi massasi; 2) korxona yoki tashkilotlarning sarf-xarajatlar hisoblab ajratilmagan yalpi daromadi.
    BRUTTO-DIVIDEND – soliqlar chiqarib tashlangunga qadar to‘lanadigan dividend.
    BRUTTO FOIZ – to‘lanadigan soliqlar chiqarib tashlangunga qadar hisoblanadigan foiz to‘lovlari.
    BRUTTO-“KESH-FLOU” -firmaning muayyan davr mobaynidagi naqd pul tushumlari va to‘lovlari o‘rtasidagi farq.
    BTL “CHIZIQDAN QUYIDA” (BTL— Belov the line) — reklama budjetining gorizontal chizig‘idan quyida joylashgan reklama xarajatlari yozuvlari ifodalanishi. Ana shu xarajatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natmalarga, promoaksiyalarga, ko‘rgazmalarga, tovarlar sotiladigan joylardagi reklamaga va kommunikatsiyalarning boshqa mediadan tashqari shakllariga sarf-xarajatlarga qo‘shib qo‘yiladi.
    BUDJAT — (ingl.budjet-sumka) - 1) davlat, korxona, muassasa va shu kabilarning ma’lum muddat uchun oldindan balgilab qo‘yiladigan kirim-chiqim , daromad buromad smatasi; 2) qonunchilik yo‘li bilan tasdiqlangan va muayyan muddatga mo‘ljallangan davlat daromadlari va xarajatlari ro‘yxati; 3) davlat, korxona yoki fuqoroning muayyan davrdagi kutilayotgan daromadlari va xarajatlari. Davlat byudjed daromadlarining asosiy manbai soliqlar sanaladi; 4) Budjet (fr.) bu so`z “Moliya vazirligining parlament oldidagi hisoboti” ma’nosini anglatgan. Hozir esa mutlaqo yangi daromadlar va xarajatlar smetasi mazmuniga ega.
    B. ma’lum vaqt davomida bo‘lajak daromadlar va xarajatlar nisbatini baholashdir. Budjetlar odatda shunday holatlarda foydalaniladiki, bunda zaruriy va maqbul xarajatlar mo‘ljallangan daromadlar bilan taqqoslangan holda sinchiklab baholanishi kerak. Budjetlar oila, ishbilarmon korxonalar, davlat moliyalari ishlari holatini baholash uchun qo‘llaniladi; unifikatsiyalashgan budjet (bir xil shaklga keltirilgan) — bu 1968 yildan boshlab AKDI budjet kontseptsiyasidir. U federal va ishonch fondlari moliya resurslarini o‘z ichiga oladi. Federal fondlar soliqlar va qarzlar hisobidan tashkil topadi. Ishonch fondlari, masalan, ishsizlik bo‘yicha ma’lum soliqlar va tushumlar hisobidan tashkil topadi, ma’lum maqsadlar va dasturlarga sarflanadi. Ishonchli fondlar balansi AQShning Moliya vazirligi va qimmatbaho qog‘ozlardagi investitsiyalar bilan bo‘lgan operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Davlat budjetining xarajatlari daromadlaridan oshmasligi kerak (balanslashgan budjet). Aks holda, iqtisodiyotga salbiy ta’sir etuvchi budjet taqchilligi hosil bo‘ladi; 5) B. qonun yo‘li bilan ma’lum muddatga belgilangan davlatning daromadlari va xarajatlari; 6) B. davlat, firma, muassasa, jamoat tashkilotlari, oila xo‘jaliklari va hokazolarning kutilayotgan daromad va xarajatlari. Davlat budjetining asosiy manbalari soliqlar va tashqi iqtisodiy faoliyatlardan olinadigan daromadlar tashkil etadi; 7) B. ma’lum davrdagi daromad va xarajatlar balans smetasining puldagi qiyosiy ifodasi.
    BUDJET BALANSI - 1) bu budjet asosida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarning xarajatlari va daromadlarining tang bo‘lishidir; 2) B.b. budjet daromadlari va xarajatlarining mutanosibligi, tengligi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.