• BREND NUFUZI (ingl. Brand image)
  • BREND POZITSIYASINI KUCHAYTIRISH
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet145/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BREND MISSIYASI (Brend mission) — ishlab chiqaruvchi tushunchasidagi brend mavjudligining mazmun va mohiyati.
    BREND MULKI — bir tashuvchidan boshqasiga va bir reklama kompaniyasidan ikkinchisiga imijni yetkazib berish uchun yaratilgan grafik tasvirlar, ovozlar, sloganlar, rang va boshqa tabiiy elementlardir. Masalan, vizual reklama tashuvchi turiga qaramasdan, IBM kompaniyasi logotipi hammavaqt moviy rangda bo‘ladi. Shuning uchun bu kompaniyaga hazil tariqasida “moviy chandiq” laqabini munosib ko‘rishgan. Duracell kompaniyasi batareyachalari hamisha mis rangda, televizion reklama roliklaridagi vizual reklamada esa tanish ancha oson bo‘lgan ovoz effektlari ham qatnashadi. Radiodagi reklamada ovozli effektlardan televizion reklama roliklari vizual imiji va matbuotdagi to‘liq rangli bosma reklama bilan uyg‘unlik va bir xillik yaratish uchun foydalaniladi.
    BREND NUFUZI (ingl. Brand image) — umumiy ma’noda, bu tushuncha u yoki bu kompaniya yoxud mahsulotning umumiy xarakterini ifodalaydi. Qandaydir arzimas texnikaviy farqlar emas, aynan ana shu omil bozorda mahsulot pozitsiyalashtirilishini belgilab beradi. Brend identifikatsiyasi kompaniya o‘z brendini qay tarzda taqdim etib tanishtirishidir. Brend nufuzi esa, ushbu brend identifikatsiyasini bozor qay tarzda qabul qilishidir.
    BREND POZITSIYASINI KUCHAYTIRISH — mavjud mijozlarni yanada brendga bog‘lab qo‘yish va muayyan brend to‘g‘risida ularda maqbul taassurot uyg‘otish uchun turli ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan sotishni rag‘batlantirish uchun xabarlar tarqatish.
    BRENDMAUER — xakerlar va Internet tarmog‘iga ulangan vaqtda kompaniya serveriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib olishdan himoya qilish uchun qo‘llanadigan kompyuter xavfsizligi chora-tadbirlari. Brendmauerning maqsadi kirish huquqini faqat vakolatli foydalanuvchilarga havola etishdan iborat bo‘ladi. Bu sizning serveringizga kirib olgan barcha foydalanuvchilar manzilini tekshiruvchi, shundan keyin notanish foydalanuvchilarga to‘siq qo‘yguvchi murakkab kompyuter texnologiyasi brendmauer bo‘lishi mumkin. Yoki bu narsa konfidensial (sir tutiladigan) axborot web-serverga tushib qolishiga imkon bermaydigan kompyuter qurilmasi bo‘lishi ham mumkin.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.