|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 153/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BUDJET TASHKILOTI - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti.
BUDJET TASHKILOTLARINING BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LARI – qonunchilikda nazarda tutilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘lar;
BUDJET TASHKILOTLARINING XARAJATLAR SMETASI - bu budjet tashkilotlari tomonidan bir moliya yili davomida davlat budjetidan mablag‘ olish maqsadida tuzadigan va bevosita o‘zi tegishli bo‘lgan moliya organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan va tasdiqlanadigan moliyaviy reja hisoblanadi.
BUDJET TIZIMI – 1) turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi; 2) B.t. turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil etish va tuzish tamoyillarini, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdak, budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga kaladigan o‘zaro munosabatlarni ifoda etadi; 3) B.t. davlatning barcha, shu jumladan, administrativ-hududiy birliklar, budjetlari yaxlitligi. Unga Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasi va barcha viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari budjetlari kiradi.O‘zbakiston Raspublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq O‘zbakiston Raspublikasining budjet tizimi 2 darajadan iborat bo‘lib:1). Raspublika budjeti va budjetdan tashqari fondlar; 2). Qoraqalpogiston Raspublikasi va mahalliy budjetlar.
BUDJET TIZIMINING ASOSIY PRINSIPLARI — budjet tasnifi tizimi, hisobga olish budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi; budjet tuzilishining ma’muriy-hududiy tuzilishga muvofiqligi; turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi; Davlat budjetining balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini yo‘nalishlar (moddalar) bo‘yicha rejalashtirish; Davlat budjeti xarajatlarini tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida sarflash; barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligidan iborat.
|
| |