• BUDJET DOTATSIYASI
  • BUDJET IJROSI
  • BUDJET JARAYONING BOSQICHLARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet150/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BUDJET DEFITSITI — 1) muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi; 2) B.d. Budjet taqchilligi (defitsiti) muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasidan iborat. Agar davlatning daromadlariga nisbatan xarajatlari ortiq bo‘lsa, budjet defitsiti yuzaga keladi. Bunda davlat zahiralar yoki boshqa davlatlardan qarz olish hisobidan defitsitni qoplashi mumkin. Mahalliy budjetlar defitsiti markaz tomonidan beriladigan dotatsiyalar vositasida qoplanishi mumkin.
    BUDJET DOTATSIYASI – o‘z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yatishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
    BUDJET HUQUQI – 1) davlat budjeti daromadlari va xarajatlari shakllanish jarayoni, tamoyillari, davlat budjetini ishlab chiqish, ijro va nazorat qilish masalalarini o‘rganuvchi huquqiy fan; 2) davlat budjetiga oid qonunlar tizimini o‘z ichiga oluvchi huquq tarmog‘i; 3) mamlakat budjet tuzilishining (qurilishining) asoslarini, mamlakatning budjet tizimiga kiruvchi budjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish (muhokama qilish), tasdiqlash va ijro etish tartibini aniqlovchi yuridik me’yorIar majmui.
    BUDJET IJROSI – budjetning daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishi.
    BUDJET JARAYONIDavlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdak davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni.
    BUDJET JARAYONING BOSQICHLARI - budjet loyihasi tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ijro etish va nazorat qilish, ijrosi bo‘yicha hisobot tayyorlash.
    BUDJET KLASSIFIKATSIYASI (tasnifi) - Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning defitsitini moliyalashtirish manbalarini guruhlash. Unda tasnif ob’ektlariga guruhlashtiruvchi kodlar beriladi. Barcha darajadagi budjet ko‘rsatkichlarining qiyoslanishini ta’minlaydi. Budjet tasnifi budjet daromadlari tasnifini, budjet xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi. Budjet daromadlari tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq daromadlarni turlar va manbalar bo‘yicha guruhlarga bo‘lishdan iboratdir. Budjet xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlarga bo‘lishdan iborat bo‘ladi. Budjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi esa budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlarga bo‘lishdan iboratdir. Budjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari tasnifi defitsitni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlarga bo‘lishdan iborat bo‘ladi. Budjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.