• BUDJETLASHTIRISH
  • BUDJETNING JORIY XARAJATLARI
  • BUDJETNING KAPITAL XARAJATLARI
  • BUDJETNING SOLIQLI DAROMADLARI TARKIBI
  • BUDJETLARNING BALANSLILIGI PRINSIPI




    Download 0,64 Mb.
    bet158/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BUDJETLARNING BALANSLILIGI PRINSIPI - budjetda ko‘zda tutilgan xarajatlarning hajmi budjet daromadlari va uning defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami hajmiga teng bo‘lishi kerakligini bildiradi.
    BUDJETLARNING MUSTAQILLIGI PRINSIPI - qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining mamlakat budjet tizimining tegishli darajalarida budjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasida huquqlarini bildiradi.
    BUDJETLASHTIRISH – korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan moliyaviy- xo‘jalik faoliyatini rajalashtirish.
    BUDJETNING HAQQONIYLIGI PRINSIPI — tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bashorat (prognoz) ko‘rsatkichlarining ishonchli hamda budjet daromadlari va xarajatlari hisob-kitoblarining haqqoniy bo‘lishi kerakligini taqozo etadi.
    BUDJETNING JORIY XARAJATLARI – budjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun ajratiladi.
    BUDJETNING KAPITAL XARAJATLARI – budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar kiradi.
    BUDJETNING SOLIQLI DAROMADLARI TARKIBI - mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
    BUDJETNOMA — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi loyihaviy hujjat: 1) mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi yakunlarining prognoz (bashoratli) bahosi; 2) o‘tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 3)kelgusi yilga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘tsatkichlar; 4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi; 5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlariga sharhlar; 6) davlat tashqi va ichki qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi malumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqoridagilarni o‘z ichiga oluvchi budjetnoma loyihasini har yilning birinchi oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim. Shuningdek, budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi noyabridan kechiktirilmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishi kerak.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BUDJETLARNING BALANSLILIGI PRINSIPI

    Download 0,64 Mb.