|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 159/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BUFER KAPITAL (ing.) — bozorda baholarni va takliflarni barqarorlashtirish uchun qandaydir xalqaro assotsiatsiya tomonidan jamg‘arilgan tovarlar zahirasi.
BUFFET BUYERDA: SHVEDCHA STOL – rastoranlarda o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishning bir turi, shunisi bilan farq qiladiki, tashrif buyuruvchilar to‘lanadigan umumiy haq evaziga zalda oldindan qo‘yilgan taomlar qatoridan istalgan miqdorda va assortimantda taom tanlab oladi.
BUGLEGERLIK – firmalar mutaxassislariga ish vaqtining 15%ni ularning o‘z tavakkalchiligi va mas’uliyati asosida loyihalar tuzishga sarflash huquqini berish. BUK (ing.) — mazkur termin dilerlar tomonidan ularning valutani sotish va sotib olish imkoniyatlari to‘la tugaganda vaziyatni izohlash uchun foydalaniladi.
BUKING-LIST (ing.) — tashish uchun joylashtirilgan yuklar ro‘yxati.
BUKING-NOT (ing.) — chegara yo‘lida dengizda yuk tashish kontrakt turi (chegara konosamenti shartlari asosida). B.n. yuk tashuvchi nomi, yuk egasi, yukning turi va miqdori, uni joylashtirish joyi, jo‘natadigan punktlari va tayinlanishi, yuk jo‘natish vaqti, fraxta stavkasi, konosament shaklini o‘z tarkibiga olishi mumkin.
BUKIROVAT (ing.) — yuk tashishda buyurtmalarni joylashtirish.
BUKLET (fr., ing.) – reklama nashriyoti, yo‘llarni ko‘rsatuvchi kitobcha va axborot varaqlari.
BUKMEKER (ing.) — totalizator o‘yinda, eng avvalo, ot chopish va yugurishda pul stavkalari qabul qiluvchi shaxs. BUM (ing.) — baholarning va ishchanlik aktivlarining tez va barqaror oshishi.
“BURGUT” — 10 dollar qiymatga ega bo‘lgan Amerika oltin tangasi.
BUSINESS CLASS – bu yarda: samolyotda (biznas klas) – samolyotdagi salon toifasi, odatda birinchi sinf va iqtisodiy sinf o‘rtasida joylashadi, kang kraslolar, bapul ichimliklar va boshqa xizmatlar taqdim etiladi.
BUTIK (fr.) — 1. Mijozlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasi bilan cheklangan unchalik katta bo‘lmagan tor ixtisoslashgan brokerlik firmasi yoki investitsiya banki; 2. Unchalik katta bo‘lmagan ixtisoslashgan magazin (mas., kiyim do‘koni).
|
| |