|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 155/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BUDJET PROFITSITI - muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
BUDJET SSUDASI - yuqori budjetdan quyi budjetga yohud raspublika budjetidan razidant-yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
BUDJET SUBVANSIYASI - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
BUDJET SO‘ROVI - budjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va budjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: 1) tegishli hududlar va davlat maqsadli fondlari budjetlari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlarga; 2) budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga buyurtmalar tuzish uchun respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarga budjet so‘rovini yuboradi.
BUDJET XARAJATLARI — YaIMning qayta taqsimlanishi natijasida davlat budjetida jamlangan pul mablag‘larining maqsadga muvofiq qayta taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq budjet qonunchiligi bilan tartibga solinadigan pul munosabatlari yig‘indisidir.
BUDJET XARAJATLARINI QOPLASHNING UMUMIYLIGI (yoppasigaliligi) PRINSIPI — budjet barcha xarajatlarining shu budjet barcha daromadlari umumiy summasi va uning defitsitini moliyalashtirish manbalari hisobidan tushgan tushumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi.
BUDJET YILI – 1) davlat budjetini tuzish, tasdiqlash va ijro qilish yuzasidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan yillik muddat. 2) budjet yili — Qonun yo‘li bilan o‘rnatilgan bir yil muddatga tuzilgan, tasdiqlangan va bajarilgan davlat budjeti. Ko‘pgina, mamlakatlarda B.y. kalendar yiliga mos keladi (MDH davlatlari, Italiya, Fransiya, Germaniya va boshqalar), AQShda 1-oktyabrdan 30-sentabrgacha, Yaponiyada 1-apreldan kelgusi yilning 31- martigacha davom etadi.
|
| |