• BUDJETGA TO‘LOVLAR (fr.)
  • BUDJETIY TARTIBGA SOLISH
  • BUDJETLARARO MUNOSABATLAR
  • BUDJETDAN TASHQARI FONDLARNING AFZALLIKLARI




    Download 0,64 Mb.
    bet157/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    BUDJETDAN TASHQARI FONDLARNING AFZALLIKLARI — davlat budjetini yengillashtiradi, budjet xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi va budjetni mablag‘ bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qiladi va mablag‘lardan maqsadli foydalanadi.
    BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR BO‘YICHA SMETA – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi.
    BUDJETGA TO‘LOVLAR (fr.) — qonun tomonidan o‘rnatilgan baholar va davlat budjeti daromadlarini tashkil etuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan ajratmalar tizimi.
    BUDJETIY REJALASHTIRISH – turli darajalardagi budjetlar va nobudjet fondlarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatning umummilliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi asosida (muvofiq ravishda) moliya tizimining bo‘g‘inlari o‘rtasida yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatining markazlashtirilgan tarzda taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi.
    BUDJETIY TARTIBGA SOLISH — hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltiriladigan va hududiy budjetlarni minimal zaruriy darajadagi daromadlar bilan ta’minlash maqsadida mablag‘larni qayta taqsimlash.
    BUDJETNI MOLIYALASH — korxonalar va tashkilotlarga ular faoliyatini amalga oshirish uchun budjet mablag‘larini tekinga berish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zini-o‘zi moliyalashga yuqori darajada katta o‘rin berilmoqda. Ayni paytda, fanni, madaniyatni, xalq ta’limini, sog‘liqni saqlashni hamda ayrim korxonalar, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning zarur vositasi hisoblanadi.
    BUDJETLARARO MUNOSABATLAR — 1) davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z- o‘zini boshqarish organlari o‘rtasida munosabatlar; 2) B.m. — nafaqat boshqaruvning turli darajalaridagi hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sub’ektlari o‘rtasida markaz orqali shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini hududiy darajada bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan barcha pul mablag‘larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir; 3) B.m. — bu davlat budjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo‘lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sub’ektlari o‘rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat budjetida jamlangan pul mablag‘larining ushbu sub’ektlar o‘rtasida qayta taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi munosabatlar yig‘indisidir.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BUDJETDAN TASHQARI FONDLARNING AFZALLIKLARI

    Download 0,64 Mb.