|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 156/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)BUDJETDAN MABLAG‘ AJRATISH - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat budjetidan budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
BUDJETDAN MABLAG‘ OLUVCHILAR — Davlat budjetidan mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek kapital ta’mirlash buyurtmachilari;
BUDJETDAN MABLAG‘ OLUVCHILARNING BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LARI — ijtimoiy to‘lovlar uchun budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, ota- onalarning maktabgacha va maktabdan tashqari tashkilotlarda bolalarni saqlash uchun, jumladan musiqa maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari, ishchilardan oziq-ovqat hisob-kitoblari uchun tushumlar (maktabgacha bolalar tashkilotlari, internatlar va boshqalar), ular tomonidan ish joyidan oladigan, keyinchalik joriy qonunchilikda belgilangan maqsadlarga yo‘nal-tirilishi bilan g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan mablag‘lar;
BUDJETDAN MABLAG‘ OLUVCHILARNING SHAXSIY HISOB VARAQLARI — tegishli budjetdan mablag‘ oluvchilar, jumladan kapital qurilish buyurtmachilari uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ochiladigan budjet, shu jumladan, Zahira jamg‘armalari va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda, mablag‘lar harakati bilan bog‘liq tahliliy hisoblar registri.
BUDJETDAN MOLIYALASHTIRISH — rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga budjetdan mablag‘larni taqdim etish tizimi tushuniladi.
BUDJETDAN TASHQARI (nobudjet) FONDLAR — 1. a) ijtimoiy: ijtimoiy sug‘urta fondi; pensiya fondi; bandlik fondi; majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondi; b) noijtimoiy: yo‘l fondi; ekologiya va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi budjet tizimida konsolidatsiyalanadi. 2. Budjetdan tashqari fondlar – umumdavlat moliyasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo‘llari ko‘rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining yuqori organlarining tegishli aktlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradilar.
|
| |