Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet164/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

BO‘LINADIGAN SHARTNOMA — bittasi boshqasiga bog‘liq bo‘lmagan bir necha majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi shartnoma. D (Buyuk Britaniyadagi xaridorlar, ijtimoiy- iqtisodiy guruhlar ehtiyojlari va talablari identifikatsiyasi) — uncha qimmat bo‘lmagan mahsulotlar va tejamkor toifaga mansub xizmatlar, tez ovqatlaniladigan kafelar, qimmat turmaydigan ekskursiyalar. chodirlarda dam olish; “o‘zing yasa” toifasiga mansub tovarlar: bo‘sh vaqt va pulning salmoqli qismi ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishga sarflanishi.

D




DAGMAR (ingl. DAGMAR) — marketingda va reklamani rejalashtirishda, shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan, olingan natijalarni o‘lchash uchun reklama maqsadlarini belgilash (Defming Adversting Goais for Measured Adversting Results)dan chiqarilgan akkronim. Reklama faoliyatini modellashtirishning bu ommabop konsepsiyasi 1961 yilda Rassel Kolli kitoblari va ilmiy ishlarida vujudga kelgan edi. Bu konsepsiya mavjud bo‘lishga layoqatli va sog‘lom mazmundan yiroq bo‘lmagani uchun qadrlanadi. Binobarin, bugungi kunga qadar dolzarbligini yo‘qotmagan nazariyalardan biridir. Ushbu konsepsiyaning asosiy qoidalari quyidagichadir: sotuvchilarning pirovard maqsadlariga ta’sir etuvchi barcha tijorat kommunikatsiyalari potensial xaridorni anglab yetishning to‘rt darajasi orqali olib o‘tishi lozim. “Potensial mijoz” — “Istiqbolli” mahsulot yoki xizmat iste’molchisidir. Potensial xaridorga tovarni muvaffaqiyat bilan sotish uchun zarur bo‘lgan to‘rt kategoriya mavjud. Buning uchun mijoz, chunonchi:
• birinchidan, ushbu brend yoki kompaniya mavjudligi haqida axborotlardan xabardor bo‘lishi lozim;
• ikkinchidan, ushbu mahsulot o‘zida nimani ifoda etishi va xaridorga nima bera olishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;
uchinchidan, mahsulotni sotib olish masalasida barqaror maylga ega bo‘lishi yoki to‘liq ishonch hosil qilishi lozim;
• va nihoyat, to‘rtinchidan, faol harakatga kirishishi shart.
Mazkur modelni qo‘llash qimmati shundaki, u bo‘lg‘usi xaridor ehtiyojlari va mayllariga yo‘naltirilgandir. Bundan tashqari, ushbu model marketing va reklama masalalari bilan shug‘ullanuvchi jamoalarga keyingi reklama kampaniyalari va tadbirlari uchun tadqiqotlar dasturini tayyorlash, shuningdek, bunday kampaniyalar va tadbirlarni ular amalga oshirilayotganda va amalga oshirilgandan keyin tadqiq etishga imkon beradi. Potensial mijozlar va xaridorlarning bir qancha turli kategoriyalari (toifalari) mavjudligi ulardan ayrimlari xaridni zudlik bilan amalga oshirmasligi inobatga olinsa, mazkur model ham o‘ziga xos cheklanishlarga egaligi ma’lum bo‘ladi. valuta
DALLOL — 1. Sharq mamlakatlarida muayyan haq evaziga savdo-sotiq ishlarida vositalik qiluvchi shaxs; 2. O‘rtada turib bitishtiruvchi, murosaga keltiruvchi vositachi; 3. Dalla qo‘shmachi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.