Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




Download 0,64 Mb.
bet172/485
Sana10.07.2024
Hajmi0,64 Mb.
#267286
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   485
Bog'liq
TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

DAVLAT BUDJETI BALANSI — davlatning pul daromadlari va xarajatlari nisbati. Xarajatlarning daromadlardan oshib ketishi davlat budjeti tanqisligini keltirib chiqaradi. Davlat daromadlari asosan mustaqil xo‘jalik faoliyati yurituvchi davlat kooperativ va boshqa korxonalar (tashkilotlar) pul badallari hisobidan davlat budjetiga tushishi orqali hosil bo‘ladi. Budjet tushumlari “soliq” va “nosoliq” turlarga bo‘linadi. Budjetning soliq tushumlari — bu korxonalar daromadlaridan olingan soliqlar, markaziy fondlarga majburiy to‘lovlar (masalan, ijtimoiy sug‘urtaga), aholidan olinadigan soliqlar (birinchi navbatda daromad solig‘i) hamda qishloq xo‘jalik soliqlaridan tashkil topadi. Nosoliq tushumlari — bu har xil turdagi to‘lovlar va tushumlar, tashqi savdodan keladigan daromadlar, davlatning olgan qarzlari, pul-buyum lotereya biletlarini realizatsiya qilishdan tushgan daromadlar va h.k. iborat bo‘ladi. Davlat xarajatlari — milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga va jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslardir. Davlat zayomlari — davlat korxonalaridan va aholidan qarz oladigan kreditning asosiy turi (obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan). Obligatsiya ma’lum muddatga oldindan kelishilgan foiz bilan sotib olish va to‘lash uchun beriladigan davlatning qarz majburiyati. “Sertifikatlar”ni obligatsiyadan farq qilish lozim — yuqori foiz va faqat o‘rnatilgan muddat tugashi bilan sotib olinadigan davlat qarzining asosiy tur biletlari.
Davlat zayomlari qaytarish muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilga qadar), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan oshiq) bo‘lishi mumkin. Daromadlilik turlari bo‘yicha ular foizli (uning egalari davlat tomonidan o‘rnatilgan daromadni oladi) va yutuqli (kreditdan foydalanganlik xaqi yutuq sifatida beriladi)ga bo‘linadi. Pul zayomlarini joylashtirish ixtiyoriy (obligatsiyalar erkin sotiladi va sotib olinadi) va majburiy (mamlakatdagi urush va urushdan keyingi yillar) bo‘lishi mumkin. Aholining bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arma banklariga topshirishi, davlatni ommaviy kreditlash shakli hisoblanadi. Joylashgan joyiga qarab davlatning ichki va tashqi zayomlari farqlanadi.
Davlat qarzi olingan kreditlar bo‘yicha davlatning qoplanmagan summasi va ulardan foydalanganlik uchun haq to‘lash bilan belgilanadi.
“Dotatsiyalar”, “Subsidiyalar” va “Subvensiyalar” davlat tomonidan moliyalashtirishning muhim shakllari hisoblanadi. Dotatsiya xarajatlarning daromadlardan oshgan qismini qoplash uchun harakatdagi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan pul mablag‘lari. Subsidiya — davlat budjetidan ayrim korxonalarga aniq maqsadga ajratiladigan summasi (fundamental tadqiqotlarni moliyalash, ekologik dasturlarni amalga oshirish va h.k.). Subvensiya — qandaydir aniq xo‘jalik masalalarini yechish uchun yetmagan mablag‘larni to‘ldirish maqsadida davlat tomonidan ayrim tarmoqlar va korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turi. Bozor iqtisodiyotida korxonaning moliyaviy holatini baholash bilan shug‘ullanadigan yoki moliyaviy ishlab chiqarishni olib boradigan auditor-moliyachi — professional faxrli o‘rinni egallaydi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   485




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

Download 0,64 Mb.