|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 173/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI — 1. Davlat budjetiga jalb qilinadigan soliqli va nosoliqli mablag‘lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari. O‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar, shuningdek majburiy to‘lovlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 2.Davlat budjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega.
DAVLAT BUDJETI XARAJATLARI — davlat pul mablag‘lari fondini taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari. Tarkibi quyidagilardan iborat: 1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy budjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari; 5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan budjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan budjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘tsatish bo‘yicha to‘lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
|
| |