• DAVLAT BUDJETINING TAQSIMLASH FUNKSIYASI
  • DAVLAT BUYURTMASI FORUMI
  • DAVLAT BUDJETINING NAZORAT FUNKSIYASI




    Download 0,64 Mb.
    bet175/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAVLAT BUDJETINING NAZORAT FUNKSIYASI - budjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo‘linmalarida ahvolning qandayligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi.
    DAVLAT BUDJETINING PUL MABLAG‘LARINI BOSHQARISH - budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida hududiy (respublika) g‘azna hisob varaqlaridagi pul mablag‘larini boshqarish.
    DAVLAT BUDJETINING TAQSIMLASH FUNKSIYASI - davlat budjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlari bo‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi.
    DAVLAT BUYURTMASI – 1) davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga muayyan mahsulot turini tayyorlash va uni ista’molchilarga yatkazib barish, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot xarakteridagi ma’lum ishlarni bajarish uchun bariladigan topshiriq; 2) davlatning xo‘jalik aloqalarini bevosita tartibga solish shakli. Davlat buyurtmasini bajarish shartnomalari mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga nisbatan general shartnoma sifatida Davlat kontrakt tuzilma organlari va korxonalar — tayyorlovchilar tomonidan tuziladi. General shartnomalarda nomenklaturani kengaytirish va yetkazish hajmi, ularni oluvchilar, tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va ularni bajarmaganlik uchun jarimalar hamda shartnoma baholar va shartnomani bajarish davomida ularni korrektirovka qilish shartlari aniqlangan bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi uchun davlat buyurtmasi foydaliligi quyidagilar bilan ta’minlanadi: 1) shartnoma bahosi; 2) general shartnoma bilan belgilangan miqdorda joylashtirilgan davlat buyurtmalari mahsulot nomenkla-turasi doirasida material resurslari; 3) foydaga soliq bo‘yicha imtiyozlar.
    DAVLAT BUYURTMASI FORUMI — Germaniyada ekspertlar va olimlardan tashkil topgan jamoat tashkiloti bo‘lib, ushbu forum doirasida doimiy fikrlar almashinuvi, mamlakat ichkarisida va tashqarisida davlat xaridi sohasida yuzaga kelayotgan yangi ko‘rinishlarga munosabat shakllantriladi. Shuningdek, forum har yili davlat xaridi bo‘yicha eng yaxshi ilmiy ish uchun mukofot taqdim etadi (Public Procurement Award).

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAVLAT BUDJETINING NAZORAT FUNKSIYASI

    Download 0,64 Mb.