|
DAVLAT KREDITI MUNOSABATLARINING ASOSI
|
bet | 178/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLAT KREDITI MUNOSABATLARINING ASOSI — munosabatlarida bo‘sh turgan pul kapitallariga nisbatan davlat ehtiyojlarining mavjudligi.
DAVLAT MAJBURIY SUG‘URTASI — davlat majburiy sug‘urtasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI – 1) Davlat budjati tarkibida jamlantiriladigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdak shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan balgilanadi. Aniq maqsadlarga mo‘ljallangan pul jamg‘armalari. Aholiga taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlarning ko‘lamini kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag‘batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo‘shimcha resurslar bilan ta’minlash bu jamg‘armalarning maqsadidir. Bu jamg‘armalar Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi (hisob varag‘i), Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni (yetishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli jamg‘armalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha respublika budjetiga to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi mumkin; 2) Davlat maqsadli fondlari Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag` tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
DAVLAT MOLIYASI – daromadlar va xarajatlarning yaxlitligidan iborat.
|
| |