|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 177/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLAT ISTE’MOLI — davlat apparatini saqlash va uning funksiyalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan sarflanadigan yalpi milliy mahsulotning bir qismi.
DAVLAT ICHKI QARZLARI – 1) davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kalgan O‘zbakiston Raspublikasi majburiyatlarining yig‘indisi; 2) D.i.q.-davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi. Oldin chiqarilgan va hozirgi vaqtgacha foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat qarzlarining (zayomlarining) butun summasi.
DAVLAT KAZNACHEYLIK BILETI — egalari tomonidan pul mablag‘lari qo‘yganlik to‘g‘risida guvohlik beruvchi va majburiyatga egalik qilgan muddati davomida daromad olishga ularga huquq beruvchi davlatning majburiyati, aholi o‘rtasida qimmatbaho qog‘ozlarni joylashtirish turi.
DAVLAT KAZNACHEYLIK MAJBURIYATI — qimmatbaho qog‘ozlar egalari tomonidan pul mablag‘larini budjetga o‘tkazishni tasdiqlovchi va ushbu qimmatbaho qog‘ozlarga egalik qilish barcha muddati davomida qayd qilingan daromad olishga huquq beruvchi davlat qimmatbaho qog‘ozlarini ixtiyoriylik asosida aholi o‘rtasida joylashtirish turi. Uzoq muddatli xazinabonlik majburiyatlari davlat tomonidan 5 yildan 25 yilgacha ko‘rsatuvchi uchun chiqariladi. Uzoq muddatli xazinabonlik majburiyatlarining sotish qiymatini belgilash tartibi ularni sotib olish vaqtidan kelib chiqqan holda respublika va avtonom respublika vazirligi tomonidan o‘rnatiladi.
DAVLAT KORXONALARI - davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar hisoblanadi.
DAVLAT KREDITI (lot.) — 1) kredit munosabatlari majmui, bunda tomonlardan biri davlat hisoblanadi, jismoniy va yuridik shaxslar esa kreditorlar yoki zayomchilar hisoblanadi; 2) D.k. davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan iborat. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi, shuningdek, kreditor va kafil sifatida ham maydonga chiqadi; 3) D.k. qimmatli qog‘ozlar egalari va jamg‘arma banklari omonatlarida pul daromadlarini oshirish manbasidir.
|
| |