|
DAVLAT XARIDI JARAYONIDA KORRUPSIYADAN SIFAT YO‘QOTISH
|
bet | 185/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLAT XARIDI JARAYONIDA KORRUPSIYADAN SIFAT YO‘QOTISH – sifatsiz tovarlar yetkazib berish va xizmatlar bajarish kabi zaruriy texnik talablarni buzgan holda shartnomalarni tuzish; kafolat muddati va kafolat muddatidan so‘ngi shartlarni bajarilishining noqulay shartlari; bajariladigan ishlar va xizmatlar sifatini tekshirish uchun yetarli nazoratning talab etilmasligi va hakozolar.
DAVLAT XARIDI JARAYONIDA KORRUPSIYADAN SIYOSIY YO‘QOTISH – mamlakatda investitsion muhitning yomonlashuvi, fuqarolar tomonidan davlat va davlat tuzilmalariga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi, mamlakat iqtisodiy-moliyaviy tizimining izdan chiqishi, erkin raqobat toamoyillarining buzilishi va boshqalar.
DAVLAT XARIDINI REJALASHTIRISH – keyingi davr uchun budjetni tuzish va qisman yoki to‘liq davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya dasturini tuzish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon o‘z ichiga: budjet so‘rovnomalarini shakllantirish va uni moliya organlariga taqdim etish; davlat budjetini tasdiqlash va budjet ajratmalari hajmini budjet mablag‘lari oluvchilarga yetkazish; xarajatlar smetasini sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari bo`yicha ro‘yxatdan o‘tkazishni qamrab oladi.
DAVLAT XARIDINING NAZORAT TIZIMI – o‘z ichiga birlamchi, joriy va so‘ngi nazoratni oladi.
DAVLAT XARIDLARI DOIRASIDA SIYOSAT — bu yashirin proteksionizm usuli bo‘lib, unga ko‘ra davlat organlari va korxonalardan faqat milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini (bu tovarlar import tovarlardan qimmat. bo‘Isa ham) sotib olish talab qilinadi.
DAVLAT YORDAMI — daromadi ma’lum darajadan oshmagan jamiyat a’zolari bepul to‘lov va yordam oladigan dasturlar.
DAVLAT ZAYOMI KONVERSIYASI (lot.) — daromadlarga tegishli bo‘lgan dastlabki zayom shartlarining o‘zgarishi ko‘pincha D.z.k.da hukumat me’yoriy foiz hajmini almashtiradi. Majburiy, ixtiyoriy va fakultativ D.z.k. amal qiladi.
DAVLAT ZAYOMLARI (lot.) — 1) kredit- moliya operatsiyalarining turli xili bo‘lib, bunda davlat zayomchi yoki kreditor sifatida chiqadi; 2) D.z. – davlatning aholi, korxona, firma va tashkilotlardan qarz olishi hisobiga o‘z moliya resursini hosil etish vositasidir.
|
| |