|
DAVLATNING TA’LIM BERISH VAZIFASI
|
bet | 187/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DAVLATNING TA’LIM BERISH VAZIFASI — Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalari orqali maktab o‘quvchilari va talabalarga har qanday bilimni yetkazib berishga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Faqat o‘rta maktabning yuqori sinflari doirasidagina aholining turli qatlamlarini maksimal qamrab olishga erishish mumkin. Quyidagi sabablarga ko‘ra aholini moliyaviy savodxonligi borasida davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi zarur:
• manfaatlarni muvofiqlashtirishni zarurligi;
• ushbu dasturlarni amalga oshirishda faoliyat sohalarini muvofiqlashtirishni zarurligi;
• axborot sifatini nazorat qilishning zarurligi; Turli taraqqiy etgan mamlakatlarda davlatning siyosati u tomonidan moliyalashtiriladigan maxsus davlat idoralari, agentliklari yoki tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi: AQShda — moliyaviy savodxonlik va ta’lim bo‘yicha komissiya; Avstraliyada — moliya axborotlari xizmati; Kanadada — moliya xizmatlari iste’molchilarini himoya qilish xizmati; Buyuk Britaniyada — moliya xizmatlari boshqarmasi. Tahlillar ko‘rsatishicha taraqqiy etgan mamlakatlarda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha dasturlarining 65% XX asrning 90-yillaridan, 75% esa 90- yillarning oxiri va 2000-yillardan boshlab amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturlarni amalga oshirishning maqsadi aholining turmush farovonligini oshirish uchun fuqarolarni moliyaviy savodxonligini oshirish hisoblanadi.
DAVLATNING UY-JOY FONDI (fr., lot.) — davlat hokimiyati mahalliy organlari uy-joy fondi va to‘la xo‘jalik yuritish va davlat idoralari, korxonalari, tashkilotlari, muassasalari operativ boshqaruvida turuvchi uy-joy fondi.
DAX-30 KO‘RSATKICHI - Frankfurt qimmatli qog‘ozlar birjasidagi AQShning mashhur yirik kompaniyalari oddiy aksiyalarining yetakchi ko‘rsatkichi.
DEBENTURA (lot.) — 1. Kompaniyaning qayd qilingan va boshqa aktivlari bilan ta’minlangan ssuda yoki shunday ssudaning bir qismiga guvohlik berishni bildiruvchi oborotli qimmatli qog‘oz (obligatsiya); 2 Ta’minlangan qarzdorlik majburiyati (AQSHda); 3. Vazifador shaxs tomonidan maoshni olishdagi imzo; 4. Bojni qaytarish to‘g‘risida bojxona guvohligi.
DEBET (lot.) — ikki taraflama jadvalda bo‘lgan buxgalteriya hisobining chap tomoni. Pul mablag‘larining holati va harakatini, moddiy tovar boyliklari gazlamalarini ro‘yxatga olish uchun foydalaniladigan hisoblarda har oyning davomida ulardan qancha tushib turishi D. da ko‘rsatiladi. hisoblarda qancha qolganligi va oy boshida hisobga olingan boyliklarda ular mablag‘lar manbaining kamayishiga olib boradigan xo‘jalik operatsiyalari aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida bir xil summadagi har bir operatsiya ikki marta, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita hisobda bitta hisobning debetiga va ikkinchi hisobning kreditiga yoziladi.
|
| |