• DEBITORLIK QARZI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet189/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DEBITORLIK KVOTASI — o‘zaro xo‘jalik munosabatlari natijasida har bir ishtirokchi uchun to‘lanishi yoki olinishi lozim bo‘lgan summada ishtirok etish ulushi.
    DABITORLIK MAJBURIYATLARINING AYLANUVCHANLIGI — qarz majburiyatlarining undirib olish muddati va ularning aylanish koeffisanti. Dabitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligini sotishdan olingan sof tushumni dabitorlik majburiyatlarining mavjud summasiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
    DEBITORLIK QARZI – 1) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sanaluvchi yuridik shaxsning yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat uchun boshqa tashkilot zimmasida bo‘lgan haqi, boshqa tashkilotlardan undirib olinishi lozim bo‘lgan pul miqdori. Korxonalar tomonidan debitorlik qarzlarini o‘z vaqtida undirib olish choralarining ko‘rilmasligi qonunda ko‘zda tutilmagan talab qilish va da’vo qo‘zg‘ash muddatlarining o‘tib ketishiga, boshqa tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘larning undirilmasdan qolib ketishiga, korxona xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga jiddiy zarar yetishiga, eng muhimi milliy iqtisodiyotni hisob- kitob ishlarining izdan chiqishiga, mamlakatda moliyaviy barqarorlikning buzilishiga olib keladi. Bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenttining 1995 yil maydagi “Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining ma’suliyatini oshirish borasidagi chora - tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq o‘zaro hisob-kitob shartlarini buzgan, muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzining mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan korxona rahbarlari va bosh hisobchilarning huquqiy javobgarligi belgilab qo‘yilgan; 2) yuridik yoki jismoniy shaxslardan (debitorlardan) ular bilan xo‘jaliklarning o‘zaro munosabatlari yakuni bo‘yicha korxonaga berilishi lozim bo‘lgan qarzlar summasi. Mablag‘larning mavjud korxona oborotidan chetga chiqishini va ular debitorlar tomonidan foydalanishini xarakterlaydi. Xo‘jalik faoliyatida me’yoriy (qonuniy) va muddati kechiktirilgan D. q. farq qilinadi; 3) D.q. Qarz turi; korxona, tashkilot, muassasalar bilan o‘zaro xo‘jalik munosabatlari natijasida jismoniy va yuridik shaxslar (debitorlar)dan olinadigan tegishli qarzlar miqdori. D.q. xo‘jalik yurituvchi mazkur sub’ektning oborotidagi pul mablag‘laridan ma’lum hajmini jalb etish jarayonini va ularning debitorlar tomonidan foydalanishini aks ettiradi. Xo‘jalik ishlarida qonunan me’yoriy va muddati o‘tgan D.q. tafovut qilinadi; 4) D.q. korxona, tashkilotlarning jo‘natgan tovari uchun olinishi karak bo‘lgan haqi yoki hali olinmagan tovar uchun to‘langan pul; 5) dabitor qarzlari aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanma mablag‘larining bir qismi boshqa korxonalar aylanmasida qatnashishi tushuniladi; 6) D.q. yuridik va jismoniy shaxslarning boshqa kishilar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qarzlari summasi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.