|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 191/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DEFLYATOR (lot.) — joriy baholarda hisoblangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni deflyator yordamida taqqoslanadigan doimiy baholarga o‘tkazish.
DEFLYASION RISKLAR — deflyatsiyaning o‘sishi holatida baho darajasining tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-sharoitning yomonlashuvi sodir bo‘ladi;
DEFLYATORLASH (lot.) — joriy, o‘zgarmaydigan baholarda hisoblangan iqtisodiy ko‘rsatkichlar koeffitsientini o‘tkazish.
DAFLYATSIYA (lot.) — 1) inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi qog‘oz pul miqdorini kamaytirish. Davlat tomonidan moliya va pul-kradit tadbirlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi; 2) muomaladan oshiqcha pul massasining ma’lum qismini sun’iy chiqarish. D. soliqlarni oshirish, ish haqini muzlatish, qimmatbaho qog‘ozlarni sotish va h.k. orqali inflyatsiyaga qarshi usul hisoblanadi. D. ko‘pincha iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytirishga, Demak, ishsizlikning o‘sishiga olib keladi; 3) D. soliqlarni, hisob stavkalarini ko‘paytirish, davlatning qimmatbaho qog‘ozlarini sotish kabilar vositasida pul massasini kamaytirish maqsadidagi davlat tadbiri.
DEFLYATSIYAVIY SIYOSAT — ishchanlik aktivligini kamaytirish va iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirish orqali to‘xtatish va to‘lov balansini sog‘lomlashtirish maqsadiga ega bo‘lgan davlatning moliyaviy va pul-kredit sohasidagi tartibga solish chora-tadbirlari majmui.
DEGRADATSIYA — bu biror-bir narsa yoki holatning son va sifat jihatdan oldingi holatiga nisbatan yomonlashuvidir. Ya’ni berilgan atama ekotizimlarning tarkibiy qismlariga nisbatan (masalan, o‘rmonlar degradatsiyasi, biror joy hayvonot dunyosining degradatsiyasi), shuningdek, suv ob’ektlariga (masalan, Orol dengizi degradatsiyasi), millat va elatlarga hamda rivojlanish tushunchasiga teskari tushunchasi – antiteza sifatida qo‘llaniladi. Masalan, tuproq degradatsiyasi deganda tuproq tarkibining buzilishi, eroziyaga uchrashi, botqoqlanishi, sho‘rlanishi va boshqa sabablarga ko‘ra uning holati yomonlashib, tuproq unumdorligi pasayishi tushuniladi.
|
| |