• DEMEREJ (bekor turganlik uchun haq) (ing.)
  • DEMOGRAFIK MUHIT (Demographic environment)
  • DEMOGRAFIK SIYOSAT
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet194/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DEMARKETING (fr.) – 1)marketingning bir turi. Unga ko‘ra ishlab chiqarish imkoniyatlari, tovar va xom-ashyo resurslarining cheklanganligi tufayli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Yuqori nufuzli, dovrug‘i baland tovarlar va xizmatlarga nisbatan demarketing qo‘llaniladi. Talabni pasaytirish uchun tovar va xizmatlarni reklama qilish to‘xtatiladi, ularning narxi oshiriladi va h.q.; 2) taqchil tovarga narx oshishi yoki reklama va xizmat ko‘rsatishga mablag‘larning qisqarishi orqali sotib olish talabining pasayishi.
    DEMEREJ (bekor turganlik uchun haq) (ing.) — kelishilgan vaqtdan oshiq ushlanib qolganligi uchun (kema, vagon) to‘lashga tegishli summa.
    DEMOGRAFIYA (grek.) — 1. Aholi, uning o‘zgarishlari to‘g‘risidagi fan. D.aholining soni, uning geografik taqsimlanishi va tarkibi, aholini takror ishlab chiqarish jarayonlari (tug‘ilish, o‘lish, hayotning davom etishi, yoshiga qarab taqsimlash va h.k.), aholi tarkibi va harakatining ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy omillarga bog‘liqligini o‘rganadi. 2. Demografik statistika, ya’ni aholining soni, tarkibi, joylashtirilishi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimiga ilova qilingan statistik metodlar bilan shug‘ullanuvchi statistika sohasi. 3. Bu aholining ijtimoiy-tarixiy shart- sharoitlar ta’sirida rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, yer yuzida, uning turli xil hududlari va sohalaridagi aholining yosh va jinsiy tarkibi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni ham ta’riflaydi.
    DEMOGRAFIK MUHIT (Demographic environment) — aholi va uning soni, joylashuv zichligi, yoshi, jinslar nisbati, irq, mashg‘ulotlar turi singari parametrlarda o‘lchanadigan jamlama Marketing olamida muhim ahamiyatga egadir.
    DEMOGRAFIK SEGMENTLASH (Demographic segmentation) — bozorni segmentlashtirish strategiyasi bo‘lib, unda mazkur mahsulotning taxmin qilinayotgan iste’molchilari demografik alomatlar bo‘yicha kategoriyalar (segmentlar)ga bo‘lib chiqiladi.
    DEMOGRAFIK SIYOSAT — bu davlat organlari va ularning ijtimoiy institutlarining aholi ko‘payishi jarayonini tartibga solish sohasidagi maqsadli yo‘naltirilgan faoliyatidir. Demografik siyosat, o‘z navbatida, aholi sonining o‘zgarishini boshqarish, uning miqdoriy va sifat jihatlarining maqbulliligiga erishishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmui bo‘lib, kelajakda sog‘lom avlodni ta’minlash garovi deb hisoblanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.