• DEPOZITLARNI SUG‘URTALASH
  • DEPRESSIYA (lot.)
  • DEPRETSIATSIYA (lot.)
  • DAPOZITARIYNING HISOBGA OLISH RAGISTRLARI




    Download 0,64 Mb.
    bet202/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DAPOZITARIYNING HISOBGA OLISH RAGISTRLARI — dapozitariyda qimmatli qog‘ozlarni saqlash va qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish bo‘yicha dapozitar oparatsiyalar standartlari bilan balgilangan yozuvlar tizimi.
    DEPOZITGA QO‘YILGAN VEKSEL — kreditni ta’minlashga berilgan veksel.
    DEPOZITLASH (lot.) — pul summalari, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa qimmatliklarni kredit muassasalariga saqlash uchun topshirish.
    DEPOZITLARNI SUG‘URTALASH – banklar tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turi, shu bo‘yicha qarz berishga qurbi yetmaydigan va ularning bankrot bo‘lganligi e’lon qilingan holatda omonatchilarga ularning omonatlarini qaytarish kafolatlanadi.
    DEPOZITNI QOPLASH — ochiq pozitsiyani yoki olingan zayomni ta’minlash.
    DEPOZITOR (lot.) — 1) Depozit egasi; 2) Korxona yoki muassasa tomonidan belgilangan muddatda qandaydir sababga ko‘ra unda to‘lanmagan pul summasiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
    DEPRESSIYA (lot.) — 1) iqtisodiy krizisdan keyingi iqtisodiyotning rivojlanish fazasi. Xo‘jalikning turg‘unlik holati, baholarning past darajasi, tovarlarga talabning zaifligi, ommaviy ishsizlik va h.k. bilan xarakterlanadi. D. fazasida jonlanish va undan keyingi yuksalish fazasiga o‘tish uchun shart-sharoit yaratiladi; 2) D. (lotincha “depressio” — “tushkunlik”) — ortiqcha ishlab chiqarish inqirozidan so‘ng ro‘y beradigan, iqtisodiyot turg‘unligi, tovarlarga talab kamligi, ommaviy ishsizlik bilan tavsiflanadigan davr; 3) D. – ishsizlik darajasi yuqori, tovar va xizmatlarga talab pastligi, ishlab chiqarishning hajmi va ishchanlik tushib ketadigan davrni xarakterlaydigan iqtisodiyotdagi tushkunlik davri. Inqiroz siklining eng past darajasidir.
    DEPRETSIATSIYA (lot.) — qiymatining tushishi, qiymatidan past baholash.
    DEPRIVATSIYA — bu iqtisodiy (oziq- ovqat, turar joy, va h.k.), ijtimoiy (sog‘liqni saqlash, ta’lim va h.k.)va boshqa hayot uchun muhim bo‘lgan boshlang‘ich ne’matlardan mahrum bo‘lishdir.
    DERIVAT – valutalar, qimmatli qog‘ozlar kurslariga va mahsulotlar narxlariga asoslangan shartnoma. U o‘z egasiga xarid qilish yoki sotish bo‘yicha eng qulay narxda foydalanish imkoniyatini beradi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAPOZITARIYNING HISOBGA OLISH RAGISTRLARI

    Download 0,64 Mb.