|
DIRXAM - Marokko va Birlashgan Arab Amirliklari pul birligi.
DISBURSMENT HISOBI
|
bet | 210/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DIRXAM - Marokko va Birlashgan Arab Amirliklari pul birligi.
DISBURSMENT HISOBI — kemaning portga kelishi munosabati bilan kema egasi hisobidan dengiz agenti tomonidan qilingan xarajatlar ro‘yxati. D.h. va unga biriktirilgan oqlaydigan hujjatlarning asl nusxasi kema kapitani tomonidan tasdiqdanadi. D.h. to‘lash tartibi agent va kema egasi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha o‘rnatiladi.
DISBURSMENT XARAJATLAR — portga kemaning kelish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. D.x. portdagi xodimlarning barcha turlariga ish haqi, stividor ishlar, buksirlar va shvartovshiklar, bunker, oziq-ovqat va kemani ta’minlash va boshqa xizmatlar xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
DISKAUNTER (lot.) — sanoati rivojlangan mamlakatlarda hech qanday qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatmasdan pasaytirilgan baholar bo‘yicha uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari bilan (xolodilniklar, televizorlar, radio-videotexnika va h.k.) savdo qiluvchi magazin. D. minimum savdo uskunalariga ega bo‘ladi. D. sotib oluvchilarga yaxshi ma’lum bo‘lgan firmalar ishlab chiqaruvchi tovarlarini tavsiya etadi, ammo ularning eng oxirgi namunalari tavsiya etilmaydi. Firmalar - ishlab chiqaruvchilar pasaytirilgan baho bo‘yicha o‘zlarining bir qancha eski modellarini D. ga bajonidil berishga rozi bo‘ladilar. D. da pasaytirilgan baholar ommaviy sotishni ta’minlaydi.
DISKONT (ing., ital.) – 1) veksel yoki boshqa qarz majburiyatlarini to‘lov muddati kelmasdan oldinroq sotib olinayotganligi uchun bank yoki ixtisoslashgan kredit muassasasi tomonidan ushlab qolinadigan summa; 2) tovarlarni nasiyaga sotish tufayli sotuvchi tomonidan olinadigan qo‘shimcha daromad; 3) skidka. 1. Qimmatbaho qog‘ozning hozirgi paytdagi va qoplash paytidagi yoki nominal bahosi o‘rtasidagi farq uni qoplash paytiga qadar nominaldan kam baho bo‘yicha moliyaviy ashyoni sotib olish. 2. Forvard kursi va valutani tez yetkazishdagi kursi o‘rtasidagi farq. 3. Bir tovarning o‘zini har xil muddatlarga yetkazib berish baholari o‘rtasidagi farq. 4. Sifatining kontraktda kelishilgan sifatga mos kelmasligi natijasida tovar bahosining pasayishi. 5. Valutaning rasmiy kursidan kam tomonga o‘zgarishi.
|
| |