|
DIFFERENTSIYALANGAN VALUTA KOEFFISIENTI
|
bet | 207/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DIFFERENTSIYALANGAN VALUTA KOEFFISIENTI — ichki so‘mda tashqi savdo (eksport va import) baholarini qayta hisoblash uchun maxsus ko‘rsatkich.
DIFOLT - kompaniya tugatilayotganda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar to‘lashni to‘xtatish.
DILAR (ing. dealer) – 1) o‘z hisobiga birja yoki savdo vositachiligi bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmon; 2) D. qimmatli qog‘ozlarni o‘zi uchun o‘z hisobidan sotib oladi. Uning maqsadi daromad olish uchun sotib olgan qimmatli qog‘ozlarni yuqoriroq narxda qayta sotish. Dilar vazifasini invastitsiya kompaniyasi bajaradi; 3) D. qoidaga ko‘ra brokerdan farq qilgan holda o‘z nomi va o‘z hisobidan qimmatbaho qog‘ozlar, tovarlar va h.k. lar oldi-sotdisi bitimidan oladigan foydasi. D. bozor, reklama, sotiladigan mahsulotga texnologik xizmat ko‘rsatish, servisning holati to‘g‘risidagi sotuvchilarning axborotini tashkil etish bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek mutaxassis olingan topshiriqni bajarish bilan broker rolida chiqishi mumkin. Amalda broker har doim qandaydir topshiriqni bajaradi, ya’ni agent hisoblanadi.
Ammo qachon mutaxassis aksiyani o‘zi uchun sotib olsa yoki sotsa D. hisoblanadi.
D. — bu oddiy agent sifatida emas, balki mavjud bitimning ishtirokchisi sifatida qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiya olib boruvchi odam yoki firmadir. Broker bilan diler o‘rtasidagi farq shundan iboratki, broker faqat xizmat qilish vazifasini bajarish bilan siz uchun foydali bo‘lgan bitim tuzadi. D. esa buni siz bilan birgalikda amalga oshiradi. D. odatda, o‘zi ega bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlarni sizga sotadi yoki o‘z manfaatini ko‘zlab, ular bilan keyingi operatsiyalar uchun sizdan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi. Mutaxassis sizning brokeringizga unga zarur bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlarni sotish yoki sotib olishni taklif qilish uchun har doim tayyor turadi. Birjada 30 - 40 foiz atrofidagi aksiyalar mutaxassislar orqali sotiladi va sotib olinadi. Ushbu operatsiyalardan mutaxassislar o‘z daromadining yarmiga ega bo‘ladi. Daromadning boshqa yarmi broker ko‘rsatmalarini bajarganlik uchun mukofotlardan iborat bo‘ladi; 4) D. o‘z nomidan yoki boshqalar hisobidan savdo operatsiyalarida o‘rtachilik qiladigan yuridik va jismoniy shaxs. Tovarlar sotish tizimida u so‘nggi iste’molchiga yaqin turadi.
|
| |