|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 215/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DIVIDEND MANDATI – egasining aksiyadorlik jamiyati sof foydasining bir qismini olish vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
DIVIDEND OLISH KUPONI- aksiyalarning foyda olish huquqini beruvchi yirtma qismi.
DIVIDEND RO‘YXATI — dividendlar oladigan barcha aksiyalar egalari ro‘yxati. Jahon amaliyotida D.r. kuni odatda to‘lov muddatigacha 3 - 4 hafta oldin e’lon qilinadi.
DIVIDENDLAR — aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o‘rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o‘rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo‘yicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol- mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a’zosining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari.
DIVIDENDNI QOPLASH — foyda bilan dividendlarni qoplash ko‘rsatkichi: soliqlarni va boshqa majburiy chegirmalarni to‘lagandan keyin kompaniya foydasining dividendlar summasiga nisbati. DIXOTOMIYA - iqtisodiy tushunchani biror alomatiga ko‘ra ikkita toifaga bo‘lish.
DIZAJIO (ital.) — turli xil qiymatlar (foizli qimmatbaho qog‘ozlar, pul, ko`chirma veksellari) uchun birja bitimlari tuzilganda ularning umumiy kursidan ushlab qolish.
DOIMIY DEMPING - doimiy ravishda tovarlarning eksport bahosini normal bahoga nisbatan past baholarda sotish.
DOIMIY HISOBLAR - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar hisoblaridir. Doimiy hisoblar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr- passivlarga bo‘linadi.
DOIMIY KAPITAL — ishlab chiqarish vositalariga solingan dastlabki kapital qiymatining avanslangan qismi. Qiymatning ko‘payish jarayonidagi roli bo‘yicha D.k. o‘zgaruvchi kapitaldan farq qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida D.k. qiymati mehnat mahsulotiga o‘tkaziladi va uning miqdori o‘zgarmaydi. D.k. qo‘shimcha qiymat manbai bo‘la olmaydi. Tovarlar sotilganda D.k. xarajatlari qoplanadi. Kapitalist D.k. ni har tomonlama tejashdan manfaatdor, unga kapitalning mavjud hajmida qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradi.
|
| |