• DIVARSIFIKATSIYA STRATAGIYASI
  • DIVERSIFIKATSIYA QILINAYOTGAN TAVAKKALCHILIK
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet214/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DIVARSIFIKATSIYA – (lotinchadan diversushar xil va facere-qilmoq, bajarmoq) – 1) ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kangaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kangaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimantlarini ko‘paytirish; 2) D. Davlatning milliy xalq xo‘jaligi kompleksini zamonaviy ko‘p tarmoqli tarkibini vujudga keltirishi. Eksport qilinishi mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlar turini ko‘paytirish; 3) D. yuqori qo‘shilgan qiymat o‘sish dinamikasini ta’minlovchi ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar assortimentining oshishi va kengayishi jarayonidir. Diversifikatsiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bevosita uyg‘unlashgan.
    DIVARSIFIKATSIYA STRATAGIYASI – korxona faoliyatini mavjud mahsulotlar va bozorlar turini kangaytirish orqali rivojlanish stratagiyasidir. Divarsifikatsiya stratagiyasi korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng yatakchi zamonaviy tandantsiyalardan biri hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga kaladigan turli qaltisliklarga bo‘lgan raqobatbardoshligini oshiradi. Divarsifikatsiya stratagiyasi – korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo‘shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli uslublarda amalga oshirishi mumkin.
    DIVERSIFIKATSIYA QILINAYOTGAN TAVAKKALCHILIK – korxonaning bozor o‘zgarishlariga nisbatan barqaror siyosatini tashkil etish maqsadida moddiy zarar keltiradigan holatlarni turli sohalarga taqsimlash.
    DIVIDEND (lot.) – 1). taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi (daromadi); aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya uchun aksionerlarga ma’lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda — har chorakda) to‘lanadigan daromad; 2) aktsionar, aksiya egasining daromadi; aksionarlik jamiyati foydasining bir qismi; 3) aksionarlik jamiyati sof foydasidan aksiya egalariga to‘lanadigan qismi bo‘lib, u aktsionarlarga naqd pul yoki aksiyalar bilan to‘lanadi; 4) aksiya chiqargan korxona (aksiyadorlik jamiyati) foydasining bir qismi hisobidan aksiya egasiga har bir aksiya uchun to‘lanadigan daromad. Dividend miqdori korxona foydasining miqdori va aksiyalarning umumiy soniga bog‘liq bo‘ladi; 5) aksiyani sotib olish alohida ixtiyoriy ishdir. Aksiya egasini kapital harakatini oshirish masalalari, boshqa davlat muammolari tashvishlantirmasligi mumkin, shuning uchun uni manfaatdor qilish zarur. Bu aksiya egalarining foydani taqsimlashga ishtirok etishlari va unga dividend sifatida daromad to‘lashga ishtirok etishlari bilan erishiladi. Ravshanki, ularning hajmi jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar stavkasidan oshiq bo‘lishi kerak. Qator mamlakatlarda aksiyalarni sotib olishni rag‘batlantirish shu daromadlarni soliq olishdan ozod qilish orqali kuchaytiriladi. To‘lanadigan dividendlar hajmi, imtiyozli aksiyalardan tashqari, Aksioner korxona faoliyatining pirovard-natijalariga, ya’ni foydaga to‘liq bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli barcha aksiya egalari o‘z kuchi va imkoniyatiga qarab ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, korxonaning barcha ishlariga xo‘jayinlarcha munosabatda bo‘lishga harakat qiladi, degan to‘la asoslangan fikr mavjud. Nima uchun daromad kamaydi, muayyan kim aybdor va uni yanada saqlab qolish mumkinmi, degan savolni rahbardan ham so`rash mumkin; 6) D. – aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi; 7) D. aksionerlar o‘rtasida aksiya soniga qarab taqsimlanadigan korxona foydasining ma’lum qismi. U itmtiyozli aksiya egalariga belgilangan yillik ajratma, odatdagi aksiya egalariga esa kompaniya moliyaviy ahvoliga ko‘ra o‘zgarib turadigan miqdorda to‘lanadi; 8) D. — aksiyadorlarning mavjud aksiyalar miqdori va turiga qarab ularga daromadlar tariqasida har yili tarqatiladigan aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.