• DOKET (ing.)
  • DOLLAR AVUARLARI
  • DOLLAR OBLIGATSIYALARI
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet216/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    DOIMIY XARAJATLAR – 1) shunday xarajatlarga aytiladiki, ularning miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydi; 2) D.x. ishlab chiqarish xajmiga ta’sir etadigan, u o‘zgargan miqdorini o‘zgarmaydigan xarajatlar; 3) D.x. ishlab chiqarish natijalari o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmagan va ularga ta’sir etmaydigan korxona sarflari.
    DOKET (ing.) — 1. Yukni oluvchi manzili ko‘rsatilgan tamg‘a; 2. Yukka ilova qilingan ro‘yxat; 3. Bojxona bojini to‘lash to‘g‘risida to‘lov qog‘ozi; 4. Qaror yoki hukmning ko‘chirmasi, nusxasi; 5. Uning qisqacha mazmuni ifodalangan hujjatga ilova.
    DOKOVOY IMZO — keyin kemaga ortish uchun yukni prichal yoki omborga qabul qilishni tasdiqlaydigan kema egasi, uning agenti yoki transport-ekspeditsion tashkilot tomonidan beriladigan hujjat. DOLLAR (nem. talerdan kelib chiqqan) — AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa qator mamlakatlar pul birligi. U 100 sentga bo‘linadi. AQSHda 1786 yilda tarkibida 24,34 g sof kumush bo‘lgan tanga shaklida chiqarilgan. Uning oltin tarkibi dastlab 1,6 g sof oltin miqdorida belgilangan, bu ko‘rsatkich 1900 yilda 1,5 grammgacha, 1934 yilda 0,8886 grammgacha pasaygan. Shundan so‘ng dollar oltin tangalari muomaladan chiqarib olinib, 1, 5, 10, 20, 50 va 100 dollarlik banknotlar bilan almashtirilgan.
    DOLLAR AVUARLARI - bankning to‘lovlar amalga oshiriladigan dollardagi mablag‘lari.
    DOLLAR DEVALVATSIYASI – dollar kursining oltin yoki kumushga nisbatan pasaytirilishi.
    DOLLAR DEVIZLARI - dollarda ifodalangan qarz talabnomalari va majburiyatlari (cheklar, veksellar va boshqalar).
    DOLLAR DIPLOMATIYASI - AQSh moliyaviy sarmoyasining jahon hukmronligini o‘rnatishga qaratilgan siyosati.
    DOLLAR OBLIGATSIYALARI — kotirovka dollar baholarida beriladigan obligatsiyalar, Yevropa bozorlarida muomalada bo‘lgan AQSh dollarlaridagi obligatsiyalardan farq qilishi kerak.
    DOLLAR PUL (ing.) — Londondagi sterling zonasi mamlakatlari oltin valuta rezervlari birlashmasi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.