|
DO‘KONDOR — xususiy do‘konida mahsulot sotuvchi do‘kondor.
DO‘KON AUDITI
|
bet | 219/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DO‘KONDOR — xususiy do‘konida mahsulot sotuvchi do‘kondor.
DO‘KON AUDITI — “Chakana savdo auditi” termini sinonimidir. Tegishli maqolalarga qarang.
DO‘STLIK INDOSSAMENTI — bank yoki kredit berishga qodir tomondan vekselni yoki pul bozorida uning qulayligini ko‘paytirish maqsadida boshqa kredit-pul hujjati oborotini indossirlashtirish. Do‘stlik indossamenti mablag‘ hisob-kitobini to‘ldirishning dastlabki bosqichlarida bevosita ishtirok etmaydi, ammo agarda hujjat tuzishga ishtirok etuvchi tomonlar yoki boshqa indossantlar uni amalga oshirish holatiga ega bo‘lmasa, u o‘ziga majburiyat bo‘yicha qarzni muddatida qoplash mas’uliyatini oladi.
DO‘STLIK TOMONI — trassant, aktseptant yoki indossant sifatida vekselga imzo qo‘yuvchi va buning uchun xech qanday javob qoniqishi olmagan shaxs.
DO‘STONA VEKSEL – 1) uchinchi shaxsning aktsept yoki kafolat ustxati yoziladigan veksel.2) qisqa muddatda faqat qayta hisob qilish va pul olish maqsadida qo‘yilgan, aktsept qilingan (yoki indossirlangan) ko‘chirish vekseli. Shunday vekselda kreditbardosh uchinchi shaxs pul bozori vositasi sifatida vekselning qimmatini oshirish maqsadida o‘z indossamentini bajaradi. E (Buyuk Britaniyadagi xaridorlar, ijtimoiy- iqtisodiy guruhlar ehtiyojlari va talablari identifikatsiyasi) — birlamchi zarur bo‘lgan tovarlarni sotib olish imkoniyati; eng arzon tovarlarni sotib olishga qaratilgan ustuvor orientatsiya; xizmatlardan kamdan-kam foydalanish; eng arzon xizmatlardan foydalanishga intilish.
E
EDIFAKT — boshqarish, savdo va transportdagi ma’lumotlar bilan elektron ayirboshlash uchun universal qoidalar. Xalqaro savdoning rivojlanishi eksport va import operatsiyalari ishtirokchilari tomonidan yuboriladigan tovarlar, yetishtirish shartlari, to‘lovlar va boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida axborot hajmlarini tegishli ravishda ko‘paytirish bilan olib boriladi. Qog‘oz axboroti tarzidagi tijorat axborotini traditsion tarqatish yetarlicha operativ emas, to‘ldirish jarayonida xatoga yo‘l qo‘yadi, katta qo‘l kuchi talab qiladi va shuning uchun qimmat. Tijorat ishiga kompyuterlarni joriy etish ishlab chiqarish va telekommunikatsiya shaxobchalarini tarqatish bilan bu kamchiliklar ancha bartaraf etila boshladi. Ammo bunday sharoitda yangi muammo — ma’lumotlarni elektron ayirboshlashning xalqaro standartlashtirish protsedurasi vujudga keldi. Buni hal etish uchun ISO tomonidan tasdiqlangan EDIFAKT universal qoidalari ishlab chiqildi. EFIMOK - Loaximstale shahrida zarb etilgan taler pul tangasining ruscha nomi. Bu G‘arbiy Yevropa kumush tangasi. XVII-XVIII asrlarda Rossiyaga keltirilgan hamda zarbxona va zargarlik xom-ashyosi sifatida xizmat qilgan.
|
| |