• EGRI (bilvosita) SOLIQLAR
  • SOLIQQA TORTISH
  • EGRI XARAJATLAR
  • EHTIYOJ
  • Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid




    Download 0,64 Mb.
    bet220/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EGALIK QILISH – mulkdorlik huquqining mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir.
    EGALITARIZM - iqtisodiyot hamda jamiyatdagi qarama-qarshiliklarga barham berishning asosiy usuli sifatida boyliklar va ne’matlarni tenglik asosida taqsimlashga intilish.
    EGASINING NOMI YOZILGAN QIMMATLI QOG‘OZLAR — mulkiy huquqlarning raalizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan o‘tkazilishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar.
    EGRI (bilvosita) SOLIQLAR — xo‘jalik aktlari va aylanmalari hamda moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar kiradi. Ular baho yoki tarifga ustama (qo‘shimcha) tarzida (ko‘rinishida) o‘rnatilib, soliq to‘lovchilarning daromadlari bilan belgilanadigan (aniqlanadigan) to‘g‘ri (bevosita) soliqlardan farq qiladi. EGRI (bilvosita)
    SOLIQQA TORTISH — daromadlar sarf qilinayotgan paytda to‘lanadigan soliqlar tizimini o‘z ichiga olib, daromadlar bilan emas, balki xarajatlar bilan bog‘liqdir. Masalan, sotuvdan olinadigan soliq (sotuv solig‘i), aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va h.k. Egri (bilvosita) soliqqa tortishda mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki xizmatni ko‘rsatuvchi ularni tarkibida ustama (qo‘shimcha) bo‘lgan bahoda (tarifda) sotadi va tushumdan ma’lum bir soliq summasini davlat ixtiyoriga o‘tkazadi. Shunday qilib, amalda u soliqlar yig‘uvchi, sotib oluvchi esa egri (bilvosita) soliqni to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Shunga mos ravishda egri (bilvosita) soliqqa tortishda shu soliqni to‘lashi kerak bo‘lgan va shu soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar turlicha shaxslardir.
    EGRI XARAJATLAR – mahsulot tannarxiga ustama bo‘lib, narxda aks etadigan xarajatlar.
    EHTIMOLLIK — tadqiqotchilik faoliyati uchun namuna va misollarni tanlab olayotganda qo‘llanadigan nazariya. Nazariy jihatdan olganda, agar voqea va hodisa bir yoki bir necha marta ro‘y bersa, u qayta ro‘y berishi ehtimoli saqlanib qoladi. Ana shu ehtimollikni hisoblab chiqish ilmiy metodlari mavjud.
    EHTIYOJ – 1) insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyat; 2) kishilarning yashash vositalarini iste’mol qilish zaruriyati.
    EHTIYOJLAR – qondirilishini talab etuvchi kishilarning hayot kechirishlari, organizmning rivojlanishi, insonning kamol topishi uchun u yoki bu narsalarga bo‘lgan zaruriyati bo‘yicha ob`yektiv muhtojligi.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid

    Download 0,64 Mb.