|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 218/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)DOTATSIYALASHGAN NARX – 1) davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx; 2) D.n. zarari davlat budjeti hisobiga qoplanadigan arzonlashtirilgan narx.
DOU-JONS INDEKSI (ing.) — 65 yirik kompaniyalar aksiyalari o‘rtacha kursi dinamikasi asosida ishchanlik aktivligi o‘zgarishini xarakterlovchi yig`ma statistik ko‘rsatkich. D-D.i. Nyu-York birjasida aksiyalar baholarining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilinishiga asoslanadi va iqtisodiy kon’yunkturani baholash uchun foydalanadi.
DOU-JONS KO‘RSATKICHI - AQShning eng yirik kompaniyalari aksiyalari kurslarining o‘rtacha ko‘rsatkichi. U birja yopilishi paytidagi har kunlik baholarning o‘rtacha arifmetik miqdorini ifodalaydi.
DOU NAZARIYASI – aksiyalar kursining oshishi yoki pasayishi tadbirkorlik faolligi darajasi va uning o‘zgarishlari yo‘nalishi haqida xulosa chiqarishga imkon berishini ko‘zda tutuvchi faraz.
DRAXMA (yunon. drachme) - 100 leptaga teng Gretsiya pul birligi. U 1836 yilda muomalaga kiritilgan.
DUBLIKAT (lot.) — asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatning ikkinchi nusxasi. D. berish hujjat yo‘qotilgan holatda amalga oshiriladi.
DUKAT (ital. ducato, lot. Ducatus - gersoglik) — 1284 yildan boshlab Venetsiyada zarb etilgan va butun Yevropa bo‘yicha soflik darajasi yuqori 3,5 g vaznli oltin tanga sifatida keng tarqalgan. U Birinchi jahon urushiga qadar qo‘llanilgan.
DUOPOLIYA — o‘xshash mahsulotni tavsiya etuvchi faqat ikki ishlab chiqaruvchi mavjud bo‘lgan, “Qisman monopoliya” termini foydalanilgan bozordagi vaziyat.
DUOPSONIYA — ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan, o‘xshash mahsulotning faqat ikkita sotib oluvchisi bo‘lgan bozordagi vaziyat.
DUSHMANLIK AKVIZITSIYASI (lot.) — korxonalarning sindirilishi yoki qo‘shilishi, bu sotib olingan korxona roziligisiz o‘tkaziladi.
DZAYBATSU — 1) XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning birinchi yarmiga qadar Yaponiyada faoliyat ko‘rsatgan bank va sanoat birlashmalarini nazorat qiluvchi yirik oilalar; 2) asosan Yaponiya monopoliya va oligarxiyalarini ifodalash uchun ishlatiladigan nom.
DO‘KON — O‘rta Osiyo xonliklari hududida XIX-XX asr boshlarida chakana tovar sotadigan dargoh do‘kon deyilgan. Shuningdek, hunarmandlar va kosiblar ustaxonasi hamda to‘quvchining dastgohi ham O‘rta Osiyoda do‘kon deb yuritilgan.
|
| |