• EHTIYOJLAR TARKIBI
  • EHTIYOJNING TRANSFORMATSIYASI
  • EHTIYOT QISMLAR BILAN TA’MINLASH
  • EHTIYOJLAR IERARXIYASI (ingl. Hierarchy of needs)




    Download 0,64 Mb.
    bet221/485
    Sana10.07.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #267286
    1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   485
    Bog'liq
    TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)

    EHTIYOJLAR IERARXIYASI (ingl. Hierarchy of needs) — marketologlar foydalanadigan metodika bo‘lib, iste’molchi serdaromad guruhlarini aniqlab olish va ularga ta’sir o‘tkazishda bozorshunoslarga yordam beradi. Umumiy ko‘rinishda ushbu metod yashab qolish va zarur turmush darajasini saqlab ta’minlab turish uchun iste’molchi nimalardan foydalanishi va iste’molchi aynan nimalarga ehtiyojmand ekanligini aniqlab ta’riflab beradi. Marketing nuqtai nazaridan yashashga layoqatli bo‘lish uchun ehtiyojlar ierarxiyasi xohish-istaklar ierarxiyasi bilan uzluksiz tarzda bog‘liq bo‘lishi shart. Xohish-istaklar ehtiyojlardan ular sirasiga birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlar emas, balki hashamdorlik tovarlari ular sirasiga kiritilganligi bilan farqlanadi. Ierarxiya ko‘rinishida strukturalangan inson ehtiyojlari konsepsiyasi A.Maslou tarafidan o‘zini-o‘zi dolzarblashtirish nazariyasida bayon etilgan edi.
    EHTIYOJLAR TARKIBI - 1) moddiy va ma’naviy hamda xizmatlar ehtiyoji; 2) birinchi darajali yoki kishilar yashamoqlari uchun zarur va ikkinchi darajali yoki hayu havas ehtiyojlari. Shuningdek ehtiyojlarni yana ishlab chiqarish vositalariga va iste’mol buyumlariga, mehnatga va hokazolarga bo‘lgan ehtiyojlarga ham bo‘lishadi.
    EHTIYOJNING TRANSFORMATSIYASI - bu biron-bir ehtiyojning boshqa ehtiyojga aylanib ketishi bilan birgalikda, mutlaqo yangi, nozik va o‘ta yuksak ehtiyoj paydo bo‘lishidir.
    EHTIYOJLARNING YUKSALISHI QONUNI – bu qonun umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat`iy nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko‘ra jamiyat a`zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran o‘sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o‘rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.
    EHTIYOT QISMLAR BILAN TA’MINLASH — marketing va servisning hal qiluvchi elementi. Shoshilinch buyurtma berilgan taqdirda ehtiyot qismlar mijoz ixtiyorida bir necha soatdan keyin bo‘lmog‘i lozim. Bu bilan uning zararlari, tabiiyki, eng kam miqdorga — minimumga qadar kamaytiriladi. Shuning barobarida omborda turib qolgan qolgan ehtiyot qismlar — o‘lib borayotgan kapital ekanligini unutmaslik lozim. Shuning uchun ham ehtiyot qismlar miqdori iloji boricha kamroq, ularning nomenklaturasi esa maksimal darajada cheklangan bo‘lishi ma’qul. Tasvirlab o‘tilgan ziddiyatni ehtiyot qismlar bilan ta’minlash xizmati (bo‘limi) optimal hal qilishi talab etiladi. Ana shu xizmat faoliyatining zamini esa, rejalashtirish va prognozlashtirishdir. Ehtiyot qismlar ishlab chiqarish rejasi odatda uch bobdan iborat bo‘ladi: tezkor, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatga mo‘ljallangan.
    Operativ — tezkor rejalashtirish uch oyni qamrab oladi, binobarin, qat’iy buyurtma ishlab chiqarishga faqatgina yaqin oylarga mo‘ljallab beriladi. O`rtacha muddatli rejalashtirish 12 - 15 oy ko‘lamida choraklar bo‘yicha yuritiladi. Ana shu ma’lumotlar prognoz xarakteriga ega va ehtiyoj qismlarga talabning ehtimol tutiladigan kon’yunkturasini aks ettiradi. Uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalashtirish esa 2 - 3 yil oldindan yuritiladi. Bunday reja chamalovchi xarakterga ega bo‘ladi. Ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyoj yo natural birliklarda — dona yoki nusxada (detallar guruhlari bo‘yicha), yoki istiqboldagi park bitta mashinasiga nisbatan kilogrammlarda, yoxud qiymat ko‘rinishida ifodalanadi. Ehtiyot qismlar bilan ta’minlash xizmatining ombor xo‘jaligini odatda tayyor mahsulotlar omborlaridan ham moddiy- moliyaviy, ham boshqaruv munosabatida alohida ajratib qo‘yadilar.

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   485




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    EHTIYOJLAR IERARXIYASI (ingl. Hierarchy of needs)

    Download 0,64 Mb.