|
Termiz davlat universiteti toshaliyeva s. T., A. M. Abdurahmonov iqtisodiyotga oid
|
bet | 224/485 | Sana | 10.07.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #267286 |
Bog'liq TOSHALIYEVA S.T. IZOXLI LUG\'AT (2)EKSPONENT (lot.) — qandaydir predmetni ko‘rgazmaga qo‘yuvchi shaxs yoki tashkilot.
EKSPORT - 1) tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalni mamlakat tashqarisiga chiqarish; 2) E. – tashqi bozorda sotish uchun tovar-pullarni chat elga chiqarish; 3) E. – tovarlar, xizmatlar, invastitsiya, qimmatli qog‘ozlar, taxnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish; 4) E. (ing.) — tashqi bozorda ularni realizatsiya qilish uchun tovarlar, texnologiya va xizmatlarni chiqarish. Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda chetdan olib kelinib qayta ishlangan tovarlar ham E. predmeti hisoblanadi. Sotuvchi mamlakat eksport operatsiyalari sotib oluvchi mamlakat import operatsiyalariga mos keladi. Chetga chiqariladigan tovarlarning kelib chiqishi va tayinlanishiga bog‘liq holda E. quyidagi asosiy turlari farq qiladi: chiqaradigan mamlakatdagi ishlab chiqarilgan yoki qayta ishlangan o‘z mamlakat tovarlarini chiqarish; mavjud mamlakatda ularni qayta ishlagandan keyin bojxona nazorati ostida chet el tovarlarini chiqarish; qayta ishlanmaydigan (reeksport) tovarlarni bojxona omborlaridan chiqarish; mamlakat orqali bojxona omborlaridan tranzit bilan o‘tadigan chet el tovarlarini chiqarish; 5) E. – tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo‘lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi; 6) E. – bir mamlakatdan boshqa mamlakatga sotish yoki foydalanish uchun olib chiqib ketilishi; 7) E. – foyda olish maqsadida kapitalni mamlakat tashqarisiga joylashtirishi; 8) E. – mamlakatdan tashqariga chiqarilgan tovarlar yoki ular qiymatining umumiy miqdori; 9) E. – chet mamlakatlarga tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish.
EKSPORT BITIM — tovarlar va xizmatlarni sotish fuqarolar, firmalar va mavjud hukumat qo‘llarida chet el pullari miqdorining ko‘payishi.
EKSPORT DOTATSIYALARI — chetga tovarlar chiqarishni mukofotlash uchun davlat budjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lar, E.d. eksportyorlarga har xil soliq imtiyozlari berish, eksport kreditlarga tijorat banki tomonidan beriladigan imtiyozli foiz stavkalarini subsidiyalash, uzoq muddatli moliya va sug‘urta eksport operatsiyalarini amalga oshiruvchi ixtisoslashgan kredit va sug‘urta institutlari pul resurslarini to‘ldirish uchun tayinlangan.
|
| |